Yoʻtal: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Ximik1991 (munozara | hissa)
k vikifikatsiya
Qator 1: Qator 1:
'''Yoʻtal''' — murakkab reflektor holat, ixtiyoriy yoki gʻayriixtiyoriy ravishda tez nafas chiqarish harakati; nafas aʼzolarining himoyalanish-tozalanish reaksiyalaridan biri. Y. markaziy nerv sistemasi (Y. markazi uzunchoq miyada joylashgan) tomonidan idora etiladi. Nafas yoʻllari va oʻpka yalligʻlanganda, shuningdek, nafas yoʻllariga chang , toʻzon va b. yot narsalar tushganida Y. paydo boʻladi. Baʼzan nafas yoʻllari shilliq qavatining "qichishishi"dan yoki bezovtalanish va zoʻriqishdan (asabiylashish tufayli) Y. yuzaga keladi. Y. vaqtida, avvalo chuqur nafas olinadi, soʻng nafas muskullari taranglashadi, hiqildoqsagi ovoz yorigʻi esa berkiladi — koʻkrak boʻshligʻida yuqori bosim vujudga keladi. Shundan keyin toraygan ovoz yorigʻi orqali kuchli havo oqimi yuqori bosim bilan ketma-ket tashqariga otilib chiqadi va, ayni vaqtda, u oʻpkadan balgʻam yoki yot zarralarni ilashtirib haydab keladi.
'''Yoʻtal''' — murakkab reflektor holat, ixtiyoriy yoki gʻayriixtiyoriy ravishda tez [[nafas]] chiqarish harakati; [[nafas aʼzolari]]ning himoyalanish-tozalanish [[reaksiya]]laridan biri. Yoʻtal [[markaziy nerv sistemasi]] (yoʻtal markazi [[uzunchoq miya]]da joylashgan) tomonidan idora etiladi. Nafas yoʻllari va [[pnevmoniya|oʻpka yalligʻlanganda]], shuningdek, nafas yoʻllariga chang, toʻzon va boshqa yot narsalar tushganida yoʻtal paydo boʻladi. Baʼzan nafas yoʻllari shilliq qavatining „qichishishi“dan yoki bezovtalanish va zoʻriqishdan (asabiylashish tufayli) yoʻtal yuzaga keladi. Yoʻtal vaqtida, avvalo chuqur nafas olinadi, soʻng [[nafas muskullari]] taranglashadi, [[hiqildoq]]dagi [[ovoz]] yorigʻi esa berkiladi [[koʻkrak boʻshligʻi]]da yuqori [[bosim]] vujudga keladi. Shundan keyin toraygan ovoz yorigʻi orqali kuchli havo oqimi yuqori bosim bilan ketma-ket tashqariga otilib chiqadi va, ayni vaqtda, u [[oʻpka]]dan [[balgʻam]] yoki yot zarralarni ilashtirib haydab keladi.


== Tasnifi ==
Y. uzun-qisqaligiga qarab xurujli (koʻkyoʻtalda), davriy (bronxitda), toʻxtovsiz, qisqa (plevritda); tovushiga koʻra — xirillagan (hiqildoq shikayet langanda va isteriya vaqtida), boʻgʻiq (tovush boylamlarining yalligʻlanishi va yaralanishida); balgʻam hosil boʻlishiga qarab — hoʻl (balgʻam keladi) va quruq boʻladi. Y. tez va qattiq tutganda koʻkrakni ogʻritishi, bemorni halloslatishi va hatto uyqu bermasligi mumkin. Mudom va bot-bot Y. tutishi oʻpka emfizemasi, yurak-oʻpka yetishmovchiligiga olib keladi. Y.ni bartaraf etish uchun vrachga murojaat qilish lozim.
Yoʻtal uzun-qisqaligiga qarab xurujli ([[koʻkyoʻtal]]da), davriy ([[bronxit]]da), toʻxtovsiz, qisqa ([[plevrit]]da); tovushiga koʻra — xirillagan (hiqildoq shikastlanganda va isteriya vaqtida), boʻgʻiq (tovush boylamlarining yalligʻlanishi va yaralanishida); balgʻam hosil boʻlishiga qarab — hoʻl (balgʻam keladi) va quruq boʻladi. Yoʻtal tez va qattiq tutganda koʻkrakni ogʻritishi, bemorni halloslatishi va hatto [[uyqu]] bermasligi mumkin. Mudom va bot-bot yoʻtal tutishi [[oʻpka emfizemasi]], [[yurak-oʻpka yetishmovchiligi]]ga olib keladi. Yoʻtalni bartaraf etish uchun vrachga murojaat qilish lozim.


== Davolash ==
Davolash. Asosan, Y.ga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, balgʻam koʻchiradigan, yoʻtal markaziga taʼsir etadigan dorilar beriladi. Quruq Y.da ogʻriqni va Y.ni qoldiruvchi doridormonlar tavsiya etiladi. Vrach tavsiyasiga koʻra, tomoqqa, koʻkrak sohasiga gorchichnik qoʻyiladi, issiq sutga asal qoʻshib ichiriladi, dorili ingalyasiya qilinadi. Y. koʻkyoʻtal, gripp va b. infeksion kasalliklar belgisi boʻlishi mumkin, shu sababli, yoʻtalganda ogʻizga dastroʻmol tutish zarur (uni tez-tez yuvib, dazmollab turish kerak). <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Asosan, yoʻtalga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, balgʻam koʻchiradigan, yoʻtal markaziga taʼsir etadigan dorilar beriladi. Quruq yoʻtalda ogʻriqni va yoʻtalni qoldiruvchi dori-dormonlar tavsiya etiladi. Vrach tavsiyasiga koʻra, [[tomoq]]qa, [[koʻkrak]] sohasiga [[gorchichnik]] qoʻyiladi, issiq [[sut]]ga [[asal]] qoʻshib ichiriladi, dorili [[ingalyasiya]] qilinadi. Yoʻtal koʻkyoʻtal, [[gripp]] va boshqa [[infeksion kasalliklar]] belgisi boʻlishi mumkin, shu sababli, yoʻtalganda [[ogʻiz]]ga dastroʻmol tutish zarur (uni tez-tez yuvib, dazmollab turish kerak). <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>


== Manbalar ==
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{manbalar}}



{{stub}}
{{med-stub}}
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

26-Fevral 2016, 12:53 dagi koʻrinishi

Yoʻtal — murakkab reflektor holat, ixtiyoriy yoki gʻayriixtiyoriy ravishda tez nafas chiqarish harakati; nafas aʼzolarining himoyalanish-tozalanish reaksiyalaridan biri. Yoʻtal markaziy nerv sistemasi (yoʻtal markazi uzunchoq miyada joylashgan) tomonidan idora etiladi. Nafas yoʻllari va oʻpka yalligʻlanganda, shuningdek, nafas yoʻllariga chang, toʻzon va boshqa yot narsalar tushganida yoʻtal paydo boʻladi. Baʼzan nafas yoʻllari shilliq qavatining „qichishishi“dan yoki bezovtalanish va zoʻriqishdan (asabiylashish tufayli) yoʻtal yuzaga keladi. Yoʻtal vaqtida, avvalo chuqur nafas olinadi, soʻng nafas muskullari taranglashadi, hiqildoqdagi ovoz yorigʻi esa berkiladi — koʻkrak boʻshligʻida yuqori bosim vujudga keladi. Shundan keyin toraygan ovoz yorigʻi orqali kuchli havo oqimi yuqori bosim bilan ketma-ket tashqariga otilib chiqadi va, ayni vaqtda, u oʻpkadan balgʻam yoki yot zarralarni ilashtirib haydab keladi.

Tasnifi

Yoʻtal uzun-qisqaligiga qarab xurujli (koʻkyoʻtalda), davriy (bronxitda), toʻxtovsiz, qisqa (plevritda); tovushiga koʻra — xirillagan (hiqildoq shikastlanganda va isteriya vaqtida), boʻgʻiq (tovush boylamlarining yalligʻlanishi va yaralanishida); balgʻam hosil boʻlishiga qarab — hoʻl (balgʻam keladi) va quruq boʻladi. Yoʻtal tez va qattiq tutganda koʻkrakni ogʻritishi, bemorni halloslatishi va hatto uyqu bermasligi mumkin. Mudom va bot-bot yoʻtal tutishi oʻpka emfizemasi, yurak-oʻpka yetishmovchiligiga olib keladi. Yoʻtalni bartaraf etish uchun vrachga murojaat qilish lozim.

Davolash

Asosan, yoʻtalga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, balgʻam koʻchiradigan, yoʻtal markaziga taʼsir etadigan dorilar beriladi. Quruq yoʻtalda ogʻriqni va yoʻtalni qoldiruvchi dori-dormonlar tavsiya etiladi. Vrach tavsiyasiga koʻra, tomoqqa, koʻkrak sohasiga gorchichnik qoʻyiladi, issiq sutga asal qoʻshib ichiriladi, dorili ingalyasiya qilinadi. Yoʻtal koʻkyoʻtal, gripp va boshqa infeksion kasalliklar belgisi boʻlishi mumkin, shu sababli, yoʻtalganda ogʻizga dastroʻmol tutish zarur (uni tez-tez yuvib, dazmollab turish kerak). [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil