Koʻkrak boʻshligʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻkrak boʻshligʻi - sut emizuvchi hayvonlar gavda boʻshligʻining oldingi (odamlarda — yuqori) qismi. Koʻkrak boʻshligʻi seroz parda — plevra bilan qoplangan. Koʻkrak boʻshligʻida nafas yoʻllari: kekirdak (koʻkrak qismi), bronxlar, oʻpka, qizilungach (koʻkrak qismi), koʻks orayaigʻi, yurak, ayrisimon bez va boshqa joylashgan. Koʻkrak boʻshligʻi dan qon tomirlar, limfa yoʻllari va nervlar oʻtadi. U qorin boʻshligʻidan diafragma bilan ajralgan. Koʻkrak kafasining shakliga va diafragmaning holatiga qarab, Koʻkrak boʻshligʻining shakli har xil boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil