Reaksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reaksiya (re... va lot. actio — harakat) —1) (psixologiyada) — inson va uning tana aʼzolari tomonidan muayyan tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan qaytariladigan javob harakati. R. taassurot, qoʻzgʻatgich, qandaydir taʼsir etishning javobi sifatida paydo boʻluvchi hissiy holat, jarayon yoki harakatdir. Har qanday R. oʻz kechishining shakli, tezligi kabi xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Oddiy psixik R. vaqti 100 dan 250 millisekundgacha boʻlishi mumkin. R. tavsiflarining oʻzgarishi psixometriya sohasini vujudga keltirdi. Psixologiya va unga yondosh fanlarda tasniflash asosida yotuvchi alomatlarga bogʻliq tarzda R. xulqiy, fiziologik, hissiy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz kabi turlarga ajratiladi; 2) kimyoviy, fizik yoki biologik taʼsir yoʻli bilan tekshirishlar oʻtkazish (k,. Kimyoviy reaksiyalar, Vasserman reaksiyasi); 3) umri tugagan ijtimoiy tartiblarni saqdab qolish va mustahkamlash maqsadida ijtimoiy taraqqiyotga zoʻr berib qarshilik koʻrsatish. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil