Mavlono Muhammad Muammoiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Muhammad Muammoiy I (XV asr) – Alisher Navoiyning ustozlaridan biri, davlat arbobi va shoir. Abulqosim Boburning saroy shoiri boʻlib, badiha aytishga mohir boʻlgan. Navoiy Bobur Mirzo saroyida xizmat qilganida undan muammo fanidan saboq olgan. Abulqosim Bobur uni bir muddat Sheroz shahriga sadr etib tayinlaydi.

Sadrlik vaqtida Xoʻja Hofiz qabri boshida gumbaz yasaydi va Bobur Mirzoni unga taklif qilib, ziyofat beradi. O'shanda Sherozning shoʻxtabʼ shoirlaridan biri devorning shoh koʻzi tushadigan joyiga quyidagi baytni bitgan ekan:

Agar jumlai avqofi shahr gʻorat kard,

Xudosh xayr dihad on, ki in imorat kard.

(Mazmuni: “Garchi shahar vaqflarini gʻorat qilgan boʻlsa ha, ushbu imoratni bino qilgani uchun Xudo xayrini bersin”)[1][2].

Mirzo oʻqib kuladi. Ayonlar hazil-huzul qilishadi. Navoiy bu voqeani uning oʻzidan eshitganini qayd qiladi. Mavlono Muhammad Muammoiy umrining oxirida Kichik Mirzo bilan hajga ham borgan.

Navoiy “Soqiynoma”da Muammoiyni vafot etgan doʻstlari qatorida sanaganidan anglashiladiki, u avvalroq vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.