Abulqosim Bobur
Qiyofa
| Abulqosim Bobur | |
|---|---|
|
1552-yil Safaviylar davrida Boysungʻur oʻgʻli Abulqosim Bobur tasvirlangan. Bodleian kutubxonasi, MS Ouseley Add. 24, fol. 174r | |
| Saltanat | 1449–1457 |
| Oʻtmishdoshi | Mirzo Ulugʻbek |
| Davomchisi | Mirzo Shohmahmud |
| Tugʻilishi |
7-iyun 1422-yil Hirot, |
| Vafoti |
1457-yil (34-35 yosh) Mashhad, Temuriylar imperiyasi[1] |
| Dafn etilgan joy |
Imom Rizo ansambli, Mashhad[2] |
| Turmush oʻrtogʻi |
Davlat Sulton Begim Begi Jon Ogʻo Kanizak Begi Ogʻo |
| Uy | Temuriylar |
| Otasi | Boysungʻur |
| Onasi | Gavhar Nasab Ogʻo Xorazmiy |
| Dini | Islom |
Abulqosim Bobur (1422-yil, Hirot − 1457-yil, Mashhad) – temuriylar sulolasidan boʻlgan shoir va mirzo, Boysunqur mirzoning oʻgʻli. Bobosi Shohrux mirzo qoʻl ostida tarbiyalangan. Abulqosim Bobur Xuroson taxti uchun kurashda gʻolib chiqib, 1449-yil fevral oyida Hirotni egallaydi. Shuningdek, u temuriylarning Xurosondagi hukmdori ham boʻlgan (1449—1457-yillar). 1454-yilda Samarqand uchun qilgan jangi muvaffaqiyatsiz boʻladi va qirq kunlik qamaldan soʻng Sulton Abu Said bilan bitim tuzib, Hirotga qaytadi. Bitimga koʻra Amudaryo ilgarigidek ikkala davlat oʻrtasidagi chegara boʻlib qolgan. Abulqosim Bobur shoirlarni toʻplab mushoiralar oʻtkazgan va oʻzi ham turkiy, forsiy tillarda sheʼrlar yozgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Vasilii Vladimirovitch Barthold, Four Studies on the History of Central Asia, Vol. 3 (1962), p. 21
- ↑ Maria E. Subtelny, Timurids in Transition: Turko-Persian Politics and Acculturation in Medieval Persia, Vol. 7, (Brill, 2007), p. 49.
- ↑
„Abulqosim Bobur“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Peter Jackson (1986). The Cambridge History of Iran, Volume Six: The Timurid and Safavid Periods. ISBN 0-521-20094-6
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |