Mavlono Jaloliddin Keshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mavlono Jaloliddin Keshiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Soʻfiy

Mavlono Jaloliddin Keshiy(arabcha:مولانا جلال الدين كيشي — Mavlono Jaloliddin Keshiy — Toʻliq ismi:Mavlono Jaloliddin Xolidiy Keshiy (taxminan XIV asr oxiri XV asr boshida yashagan)) — Soʻfiy.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavlono Jaloliddin Keshiy Amir Sayid Kulolning shogirdi boʻlib, Amir Temur bu shaxsning bilimi va obroʻyidan mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda ijobiy foydalangan. Mavjud nizolarni bartaraf etish maqsadida baʼzi mamlakatlarga elchi qilib joʻnatgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning taʼbiri bilan aytganda, „ilm va taqvosining yetuk-ligi, dars va fatvosiniig fazilati bilan tanilgan“ bu zot Xorazm voliysi Husayn Soʻfi huzuriga elchi qilib yuborilganligi ham maʼlum. Bu haqda Yazdiy yana shunday yozadi: „Mavlono Jaloliddin Keshiy xayrixohlik yuzini Xorazm tomon qaratdi va bu muhim (vazifa)ni rahm-shafqat yoʻli bilan hal etmoqchi boʻldi. U yerga borgach, donishmand ulamo va dinparvar peshvolarga xos boʻlgan nasihat va xushmuomalalik bilan soʻz qotdi, nizoni tubdan bartaraf etish va fitna olovini oʻchirish uchun oyatlar va isbotiga hadislar keltirdi“.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ammo Husayn Soʻfi bu oqilona soʻzlarga quloq tutmaydi va elchini qamab qoʻyadi. Bundan xabar topgan Amir Temur tezda Husayn Soʻfiga maktub yoʻllaydi. Uning matniga quyidagi sheʼriy toʻrtlik ham ilova qilingan edi:

Podshohlar udumiyu yaxshilar ishi,
Nahot shuni bilmas ul zukko kishi.
Elchiga oʻlim yoʻq, qamab ham boʻlmas,
Buni inkor qilgan xiradmand emas.

Husayn Soʻfi bu maktubni olgach, Mavlono Jaloliddin Keshiyni ozod qilib, oʻz yurtiga joʻnatishga majbur boʻladi. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan „Chahor kitob“ darsligining 2-qismi „Bidon“, yaʼni „Oʻrgan“, „Bil“ deb nomlangan. Savol-javoblar shaklida bitilgan va islom ruknlari hamda unga bogʻliq masalalar haqidagi bu asarni Mavlono Jaloliddin Keshiy yozgan degan taxminlar bor. 1913-yilda Tahrirda bosilgan „Chahor kitobi turkiy“ darsligining soʻnggi soʻzida shunday fikr bildirilgan.[1]

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Chahor kitob”, 
“Bidon”.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhammadiyev N. Nasaf va Kesh allomalari. — B. 102.