Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati saytiga xakerlik hujumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(MarshGoldendan yoʻnaltirildi)
Xakerlarning Senat rasmiy saytini ishgʻol qilganidan soʻng qoldirilgan xabar matni skrinshoti

2022-yilning 2-noyabrida „MarshGolden“ nomli oʻzbekistonlik xakerlik guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati saytiga xakerlik hujumi uyushtirildi[1][2][3][4][5][6].

Qisqacha maʼlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

MarshGolden
Turi Xaker guruh
Sanoat Kiberxavfsizlik & IT
Shiori Marshbright thought, bright future
(tarjimasi „Marsh — yorqin fikr, yorqin kelajak“)[7]
Tan olingan yili 2022-yil

MarshGolden — Oʻzbekiston Oliy Majlis Senati rasmiy sayti buzilishi ortidan mashhurlikka erishgan xakerlik guruhi. Guruh nomi reper Eminemning „Marsh“ nomli musiqasi ortidan kelib chiqqan[8].

Senat saytining buzib kirilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 2-noyabr sanasida soat 11:50 lar atrofida Oʻzbekiston Senati vebsaytiga hujum uyushtirildi[2][4]. Taxminan, Toshkent vaqti bilan 12:04 larga kelib, kiberhujum bartaraf etilgan[9][10]. MarshGolden tarkibidagi xakerlar 14 yoshli oʻsmirlar ekanligi, faoliyatlarini 2018-yilda boshlaganliklari, shuningdek, Senat saytini ishgʻol qilishdan oldin, 2019-yilda Kundalik.com saytini buzib, oʻz baholarini oʻzgartirganliklari Mening Yurtim telekanali koʻrsatuvi „Markaziy Studiya“ tomonidan iddao qilingan[11][6].

Biroq, ushbu xabar Oʻzbekiston Ichki Ishlar Vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan inkor etildi hamda saytga uyushtirilgan kiberhujum Namangan viloyatining Norin tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan amalga oshirilganligi ochiqlanganini eʼlon qildi[8][12]. Fuqaro rasmiy Telegram kanal unga tegishliligi, MarshGolden kiberjamiyati asoschisi ekanligini, shuningdek, Senat rasmiy sayti zaifligi haqida 28-oktyabr sanasida sayt egalarini ogohlantirganini taʼkidlab oʻtdi[13]. U kiberhujumni 2-noyabr kuni soat 11:00 lar atrofida amalga oshirgan. Xaker 3-noyabr kuni fosh etilgan[14][8]. Senat sayti python dasturlash tili asosida buzilgan[8].

Kiberxavfsizlik markazi fosh etgan namanganlik xaker (MarshGolden) va Markaziy Studiya koʻrsatuviga intervyu bergan va ularning oldida „Xalq soʻzi“ (xs.uz (Wayback Machine saytida 2023-07-06 sanasida arxivlangan)) saytiga oʻz logotipini joylab koʻrsatgan xaker (GoldenHack) aslida bir jamiyat aʼzosi ekanliklari ochiqlangan[8][15].

Munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

MarshGolden reaksiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guruh oʻzining rasmiy Telegram kanalida buzib kirish davlat yoki saytning ustidan kulish uchun emas, balki, zaiflikni koʻrsatish maqsadida tashkil etilganligini taʼkidlagan[9][16]. Saytga buzib kirgan xakerlar „Kiberxavfsizlik markaziga salomlar“ & „YOUR SYSTEM HAS BEEN HACKED BY“ yozuvlarini qoldirib ketishgan[17][18].

Senatning rasmiy munosabati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu hujum yuzasidan Senat rasmiy munosabat bildirdi. Maʼlumotda saytning yaqin orada yangi talqini ishga tushirilishga tayyorlanayotganligi, shuningdek, kiberhujumdan soʻng, kiberxavfsizlik boʻlimi saytning yangi versiyasini ustida ishlayotganligi haqida aytib oʻtilgan[2]. Tanzila Norboyevaning matbuot kotibi Hojiakbar Toʻlaganov sayt ishgʻol boʻlganidan keyin qoʻllangan subdomen Senatning yangicha dizayndagi sayti ekani, kiberhujum ortidan test rejimidagi sayt vaqtincha ishga tushirib qoʻyilganini maʼlum qilgan[11].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Сайт Сената Олий Мажлиса senat.uz взломан хакерами. Сообщение от них было обнаружено на главной странице сайта.“. nuz.uz. Qaraldi: 2-noyabr 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Ҳакерлар Киберхавфсизлик марказига “салом йўллашган”. Ҳужум натижасида сайтдаги маълумотлар ўчиб кетгани ёки йўқлиги маълум эмас.“. kun.uz. Qaraldi: 2-noyabr 2022-yil.
  3. „⚡️⚡️Ўзбекистон Олий Мажлис Сенатининг веб-сайти хакерлар ҳужумига учради.“. UzAuz. Qaraldi: 2-noyabr 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 „Хакеры «положили» сайт Сената“. nova24.uz. Qaraldi: 2-noyabr 2022-yil.
  5. „Бугун, 2 ноябрь куни Олий Мажлис Сенатининг Senat.uz расмий сайти хакерлар ҳужуми туфайли ресурснинг иш қобилияти бузилган.“. senat.uz. Qaraldi: 2-noyabr 2022-yil.
  6. 6,0 6,1 „Сайт Сената взломала хакерская группировка Marsh Golden, состоящая из 14-летних подростков“ (ruscha). podrobno.uz. Qaraldi: 5-noyabr 2022-yil.
  7. Guruh rasmiy telegram kanali tarjimai holi.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 „Интервьюдаги ҳамма гаплар ёлғон” – Сенат сайтига ҳужум уюштирган наманганлик ҳакер“ (o'zbekcha). kun.uz. — „Шуни яхши кўрганим учун ўзим асос солган ҳакерлик гуруҳини MarshGolden деб атаганма“. Qaraldi: 8-noyabr 2022-yil.
  9. 9,0 9,1 „Хакерлар гуруҳи Олий Мажлис Сенати сайтини бузиб киришдан мақсадини очиқлади“. bugun.uz. 2022-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2022-yil.
  10. „Сенат сайтига хакерлар ҳужум уюштиришди“ (2022-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
  11. 11,0 11,1 „Сенат сайтини бузиб кирганлар 14 ёшдаги ўсмирлар экани маълум бўлди“ (o'zbekcha). Kun.uz. Qaraldi: 5-noyabr 2022-yil.
  12. „Сенат сайтини ўсмирлар бузгани ёлғон бўлиб чиқди. MarshGolden эгаси Наманганда ушланди (видео)“. xabar.uz. Qaraldi: 8-noyabr 2022-yil.
  13. „Сенат сайтини 14 ёшли ўсмирлар эмас, наманганлик фуқаро бузгани маълум бўлди“. gazeta.uz. Qaraldi: 8-noyabr 2022-yil.
  14. „Сенат сайтини ўсмирлар бузгани ёлғон бўлиб чиқди. MarshGolden эгаси Наманганда ушланди (видео)“. zamin.uz. Qaraldi: 8-noyabr 2022-yil.
  15. „Киберхавфсизлик марказининг «ёлғон хабар» деб айтган хабари ёлғон бўлиб чиқмоқда Хакерлар интервю давомида журналист олдида яна бир сайтни бузиб берди (video)“ (o'zbekcha) (video). Jahon xabarlari (Telegram). Qaraldi: 8-noyabr 2022-yil.
  16. „Олий Мажлис Сенати сайтини бузиб кириш мақсади очиқлади“ (2022-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
  17. „«Киберхавфсизлик марказига саломлар». Олий Мажлис Сенати сайти хакерлар ҳужумига учради“. bugun.uz (2022-yil 2-noyabr). 2022-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
  18. „Сайт Сената Олий Мажлиса senat.uz взломан хакерами. Сообщение от них было обнаружено на главной странице сайта.“. dunyo.news (2022-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]