Python

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Python
Python logo and wordmark.svg
Tuzilgan yili 20-fevral, 1991-yil (30 yil avval) (1991-02-20)[1]
Turi obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili
Holati faol
Fayl kengaytmalari .py, .pyi, .pyc, .pyd, .pyo, .pyw, .pyz
Muallifi Guido van Rossum
Versiyalari 3.10.1 6.12.2021 (52 kun avval) (6.12.2021)
Ishga tushirish turi IDE orqali
Bunga asos boʻlgan tillar ABC, Ada, Algol 68, APL, C, C++, Klu, Dylan, Haskell, Icon, Java, Lisp, Modula-3, Perl, Standard ML
Buning asosida tuzilgan tillar Apache Groovy, Boo, Cobra, CoffeeScript, D, F#, Genie, Go, JavaScript, Julia, Nim, Ring, Ruby, Swift
Paradigmalari Koʻp paradigmali dasturlash tili: obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash,[2], prosessual dasturlash (imperativ dasturlash), funksional dasturlash, strukturali dasturlash, reflektiv dasturlash
Dialektlari Cython, RPython, Starlark[3]
Litsenziya Python Software Foundation License
Operatsion tizim krossplatformali
Veb-sayt python.org

Python ([ˈpʌɪθ(ə)n] - payton, piton) — bu turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili hisoblanadi. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan[4]. Shuningdek Python sunʼiy intellekt hamda maʼlumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi.

Python deyarli barcha platformalarda ishlay oladi, xususan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va boshqalar shular jumlasidandir. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud boʻlib, uning nomi — IronPython dasturlash muhitidir.

Guido van Rossum 1980-yillarning oxirida ABC dasturlash tilining davomchisi sifatida Python ustida ishlay boshladi va birinchi marta 1991-yilda Python 0.9.0 versiyasini ommaga eʼlon qildi[5].

Python dasturlash tiliga boʻlgan talab yildan yilga oshib bormoqda. CodingDojo[6] portalining tadqiqotlariga koʻra, 2020-2021-yillarda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng koʻp talab boʻlgan[7].

Sintaksisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Unda Lua tiliga oʻxshab, bir vaqtning o'zida bir nechta o'zgaruvchiga qiymat berish mumkin. Shuningdek, yangi o'zgaruvchi kiritmasdan turib, ikkita o'zgaruvchining qiymatlarini almashtirish mumkin:

 x, y = y, x

Va uni funksiyalaridan ham shunday turda qaytarishingiz mumkin:

def function():
    x = "Jimbo"
    y = "Wales"
    return x, y

Salom, dunyo![tahrir | manbasini tahrirlash]

# -*- coding: utf-8 -*-
print("Salom, dunyo!")

Ishlatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Web dasturlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zope — CMS yaratish uchun server va veb dasturlar qilish uchun dastur.
  • Django — web yaratish qilish uchun dastur.
  • Turbogears — web yaratish qilish uchun dastur.
  • CherryPy — web yaratish qilish uchun dastur.
  • Plone — saytni muhofaza qilish uchun dastur.
  • Mailman — „Rassilka“ yaratish uchun dastur
  • MoinMoin — viki — dvijok internet va intranet uchun
  • PlanetPlanet — RSS oqimini sindikatsiyalash

Grafika[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Skencil — Vektor grafikasi uchun dastur

Pythonni ishlatadigan dasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pythonni ishlatadigan kompaniyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Python 0.9.1 part 01/21“. alt.sources archives.
  2. „General Python FAQ — Python 3.9.2 documentation“.
  3. „Starlark Language“.
  4. Kuhlman, Dave. "A Python Book: Beginning Python, Advanced Python, and Python Exercises"
  5. Rossum, Guido Van (20-yanvar 2009-yil). "The History of Python: A Brief Timeline of Python"
  6. https://codingdojo.com/blog/top-7-programming-langugages[sayt ishlamaydi]
  7. Narzullayev Anvar. Pythonda dasturlash asoslari. — T.: “Akademnashr”, 2021. — B. 6.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]