Eminem
Eminem | |
---|---|
![]() Eminem 2014-yil noyabr oyida | |
Umumiy maʼlumot | |
Tugʻilgan paytidagi ismi | Marshall Bruce Mathers III |
Tavalludi |
17-oktyabr 1972-yil St. Joseph, Missouri, AQSh |
Fuqaroligi |
![]() |
Turmush oʻrtogʻi | Kim Scott[1] va Kim Scott[1] |
Guruh | D12, Bad Meets Evil |
Janr | hip hop |
Faoliyat yillari | 1990—hozirgacha |
Sayt | eminem.com |
Imzo | |
![]() |
Marshall Bruce Mathers III (talaffuzi: Marshall Brus Mazers; 17-oktabr 1972-yilda tugʻilgan)[2] Eminem taxallusi ostida tanilgan amerikalik repper, produser, qoʻshiqnavis va aktyordir. Slim Shady ismli alter egosi bor. Yakkaxon ijodidan tashqari, Eminem oʻzining D12 guruhi va Bad Meets Evil dueti aʼzosi hamdir. Eminem jahonda eng koʻp xaridorgir musiqachilardan biri, 2000-yillarda eng koʻp albomi sotilgan artistdir.[3] U qator jurnallar, jumladan Rolling Stone tomonidan eng buyuk artistlar roʻyxatiga kiritilgan.[4] Rolling Stone unga shuningdek „Hip Hop qiroli“ unvonini bergan.[5] Eminem Billboard albomlar charti choʻqqisini oʻn marta egallagan. Uning albomlari dunyoda 115 milliondan, singillari 120 milliondan ortiq nusxada sotilgan.[6][7] Qoʻshma Shtatlarning oʻzida 49,1 million albom va 42 million trek sotgan.[8]
1996-yil avgustida oʻzining birinchi mustaqil Infinite albomini chiqargan Eminem keng shuhratga 1999-yil fevralida chiqqan The Slim Shady LP albomi bilan erishdi. Albom Eminemga uning birinchi Grammy mukofotini keltirdi. The Slim Shady LPdan keyin 2000-yil mayida The Marshall Mathers LP va 2002-yil mayida The Eminem Show chiqib, ularning ikkovi ham „Eng yaxshi rap albom“ nominatsiyasida Grammy mukofoti oldi, natijada Eminem shu nominatsiyada ketma-ket uch marotaba mukofot olgan ilk artist boʻldi. 2004-yil noyabrida Encore albomi chiqdi. 2005-yil konsert turnesidan keyin Eminem taʼtilga chiqdi. 2009-yil mayida Relapse nomli oltinchi albomini chiqardi. 2010-yil iyunida Eminem yettinchi, Recovery albomini chiqardi. Recovery butunjahon muvaffaqiyat koʻrib, 2010-yilning eng koʻp sotilgan albomi boʻldi. Eminem Relapse va Recovery uchun yana Grammy olib, Grammy mukofotlari soni 13 ga yetdi.[9] 2013-yil noyabrida uning sakkizinchi, The Marshall Mathers LP 2 albomi chiqarildi.
Eminem boshqa ishlar, jumladan oʻzining Shady Records studiyasi, Shade 45 radiokanali bilan ham shugʻullanadi. 2002-yil noyabrida Eminem 8 Mile nomli hip hop drama filmida suratga tushdi. Shu film soundtracki uchun Akademiy mukofoti olib, bu mukofotni olgan birinchi repper boʻldi.[10] U shuningdek The Wash (2001), Funny People (2009) filmlarida va Entourage teleserialida rollar oʻynagan.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Marshall Bruce Mathers III 1972-yil 17-oktabrda St. Joseph shahrida tugʻilgan, 12 yoshida oilasi bilan Detroytning Istsayd tumaniga koʻchib oʻtadi. U doimo darslarni qoldirib, maktab oshxonasida rep-fristayllarni tashkil qilardi va har doim yutardi.
Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1995 — Soul Intent
- 1996 — Infinite
- 1997 — The Slim Shady EP
- 1999 — The Slim Shady LP
- 2000 — The Marshall Mathers LP
- 2001 — Devil’s Night (D12 bilan birgalikda)
- 2002 — The Eminem Show
- 2002 — „8 Mile“ filmiga saundtrek
- 2004 — Encore
- 2004 — D12 World (D12 bilan birgalikda)
- 2005 — Curtain Call: The Hits
- 2006 — Eminem Presents the Re-Up
- 2007 — King Mathers
- 2010 — Recovery
- 2011 — Bad Meets Evil (Hell: The Sequel)
- 2013 — The Marshall Mathers LP 2
- 2017 — Revival
- 2018 — Kamikaze
- 2020 — Music to Be Murdered By
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Nom | Rol | Qoʻshimcha |
---|---|---|---|
2000 | Hip-Hop jodugari | oʻzini-oʻzi | (epizod rolda) |
2001 | The Wash | Chris | |
2002 | 8 Mile | Jimmy „B-Rabbit“ Smith | |
2005 | Koʻzlaring maʼyus | oʻzini-oʻzi | (epizod rolda) |
2008 | Have Gun — Will Travel | Paladin |
Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi | Yil | Sahifalar soni |
---|---|---|
Angry Blonde | 2000 | 148 |
The Way I Am | 2008 | 208 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ Ankeny, Jason; Torreano, Bradley. „Eminem – Biography“. Allmusic (2006). Qaraldi: 30-yanvar 2008-yil.
- ↑ „Best of the 2000s: The Decade In Charts and More“. Billboard (7-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 30-mart 2012-yil.
- ↑ „The Immortals: Rolling Stone“. Rolling Stone. 16-oktabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-oktabr 2008-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2006-10-17).
- ↑ By Chris Molanphy. „Introducing the King of Hip-Hop“. Rolling Stone (15-avgust 2011-yil). 13-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-avgust 2011-yil.
- ↑ „Top 10 Hip-hop Best Sellers of All Times“.
- ↑ „Saturday Night Football Goes "Berzerk" with Eminem“.
- ↑ Business Wire. „The Nielsen Company & Billboard's 2011 Music Industry Report“. Business Wire (5-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 30-mart 2012-yil.
- ↑ „Born in the U.S.A.: Top 50 Stars of the 50 States“. Billboard. 8-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-avgust 2013-yil.
- ↑ Roberts, David. British Hit Singles & Albums, 19-, London: Guinness World Records Limited, 2006 — 137 bet. ISBN 1-904994-10-5.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Eminem haqida turkum mavjud |
- 17-oktyabrda tugʻilganlar
- 1972-yilda tugʻilganlar
- Musiqachilar
- Hip-hop musiqachilar
- Billboard Hot 100'ni boshlab turgan ijrochilar
- Amerikalik erkak qoʻshiqchilar
- Amerikalik erkak aktyorlar
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik filantroplar
- MTV Europe Music Award sovrindorlari
- Brit mukofoti sovrindorlari
- Amerikalik erkak reperlar
- Amerikalik erkak qoʻshiqnavislar
- Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar
- Amerikalik kinoprodyuserlar