Mariya Mamashuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mariya Mamashuk
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Belorussiya bayrogʻi Belarus
Tavallud sanasi 31-avgust 1992-yil (1992-08-31) (31 yosh)
Gomel viloyati
Boʻyi 1.63 m
Vazni 65 kg
Sport
Qaysi sport Erkin kurash
Murabbiy(lar)i Pyotr Babey

Mariya Ruslanovna Mamashuk (belaruscha: Марыя Русланаўна Мамашук; 1992-yil; 31-avgust; Zyabrovka; Gomel viloyati) — belaruslik erkin kurashchi, Yevropa chempioni, olimpiya va Yevropa oʻyinlari sovrindori. Belarus Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yil 31-avgustda Gomel viloyati, Gomel tumani, Zyabrovka qishlogʻida tugʻilgan[1].

Mariya Mamoshukning birinchi murabbiyi Pyotr Pavlovich Babey edi. Avvaliga Mariya Mamashukning onasi uning ushbu sportga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlamasdi. Ammo murabbiy Pyotr Babey mariyaning onasiga vaziyatni tushuntirdi va uni koʻndirdi. Shunday qilib, Mariya musobaqalarda qatnasha boshladi. Keyin esa Gomel olimpiya zaxiralari maktabi talabasi boʻldi. Gomel davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetini tamomlagan[1].

Mamashuk Gomeldagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida sport bilan shugʻullana boshlagan.

2009-yil Zrenjanin shahrida boʻlib oʻtgan kadetlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining 63 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2012-yil Zagrebdagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2013-yil Qozonda boʻlib oʻtgan yozgi Universiadaning bronza medali sovrindori. Oʻsha yili jahon chempionatida 9-oʻrinni egallagan va Yevropa chempionatining birinchi bosqichda magʻlub boʻlgan.

2014-yilgi jahon chempionatida 7-oʻrinni egallagan. Oʻsha yili Yevropa chempionatining kumush medali va „Siolkovskiy“ nomli xalqaro turnirning bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2015-yilgi jahon chempionatida 10-oʻrinni egallagan. 2015-yil Bokuda boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarining 63 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida bronza medaliga ega boʻlgan. Oʻsha yiliyoshlar oʻrtasida Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Germaniya Gran-prisida bronza, Polsha Open musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2016-yilda Rigada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 69 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Gomelda yashaydi va ishlaydi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gomel davlat universitetida joylashgan muzeydagi koʻrgazmalardan biri M. R. Mamashukga bagʻishlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Мамошук Мария Руслановна“ (ru). Знаменитые люди Гомельщины. 2020-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.
  2. „Музей спортивной славы Гомельщины“.