Gomel viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gomel viloyati — Belorussiya tarkibidagi viloyat. 1938 i. 15 yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning jan.-sharqida. Mayd. 40,4 ming km2. Aholisi 1674 ming kishi, asosan beloruslar; shuningdek, rus, ukrain, yahudiy, polyak va b. ham yashaydi. 21 tumanga boʻlingan; 17 shahar, 17 shaharcha bor. Markazi — Gomel sh.

Yer yuzasi tekislik. Gʻarbida Pripyat Polesyesi (120—140 m), sharqida Dneprboʻyi pasttekisligi (100— 130 m) bor. Foydali kazilmalari: neft, toshtuz va kaliy tuzi, torf, boʻr, gil, qum. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi — 7°, —5,5°, iyulniki 18,5°—19°. Yiliga 550—650 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 190— 200 kun. Daryolari: Dnepr va uning irmoqlari (Berezina, Pripyat, Soj). Eng yirik koʻli — Chervonoye. Tuprok,lari kuchsiz podzollashgan qumli va torf-botqoqli, sharqida qumoq va qumloq tuproq. Hududining 41% ga yaqini oʻrmon, 12% botqoqlik, oʻtloq koʻp.

Viloyatda yirik energetika bazasi (torf, gaz, neft) tashkil etilgan. Gomelda q.x. mashinasozligi, stanoksozlik, torf mashinasozligi, dvigatellar, podshipniklar, oʻlchov priborlari, elektrotexnika va b. zavodlar, Mozirda melioratsiya mashinalari zdi, "Mozirkabel", metall quyish-mexanika zavodlari, Rechitsa metall buyumlar zdi bor. Viloyatda kimyo sanoati barpo etilgan. Oʻrmon, yogʻochsozlik va qogʻoz sa-noatlari rivojlangan. Mebel f-kalari (Mozir, Yelsk, Jlobin, Kalinkovichi, Rogachyov, Vasilevichi), yogʻoch-sozlik k-tlari (Gomel, Mozir), faner-mebel (Rechitsa), faner-gugurt (Gomel), sellyuloza-qogʻoz (Dobrush) va sellyuloza-karton (Svetlogorsk) k-tlari, Gomel yaqinida (Kostyukovka) mamlakatda yirik oyna zdi bor. Yengil sanoat asosan mahalliy xom ashyoda ishlaydi. Donli ekinlar, texnika ekinlari ekiladi, bogʻ va mevazorlar bor. Chorvachilik sut, goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. T.y. asosiy transport turi. Avtomobil yoʻllari muhim hisoblanadi. Dnepr, Pripyat, Soj, Berezina daryolarida kema qatnaydi. Drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, 6 muzey bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil