Marius Bauer
| Marius Bauer | |
Marius Bauer; portrait by Jan Veth (1894) | |
| Tavalludi | 25 January 1867 |
| Vafoti | 18 July 1932 Amsterdam, Netherlands |
| Millati | Dutch |
| Oqim | Orientalist scenes |
Marius Aleksandr Jak Bauer (1867-yil 25-yanvar – 1932-yil 18-iyul) — Gollandiyalik rassom, o‘ymakor va toshbosmachi, Sharq sahnalari bilan mashhurdir. Uning uslubi koʼpincha Empresyonist boʼlgan, garchand u ham ma'lum darajada Gaaga maktabidan olingan. Uning koʻplab asarlari sayohatlari davomida sotib olingan fotosuratlarga asoslangan boʻlib, ularning ba'zilari Feliks Bonfilsdek mashhur fotosuratchilar tomonidan yaratilgan.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Gaagada tugʻilgan boʼlib, uning akasi Villem Kornelius Bauer arxitektor edi. Ularning otasi sahna rassomi boʻlib, oʻgʻlining rasm chizishga qiziqishining uygʼonishiga sabab boʼldi. 1878 - yildan 1885 - yilgacha u Yan Filipp Koelman rahbarligi ostida Qirollik san'at akademiyasida tahsil oldi, lekin uning yondashuvini juda konservativ deb hisobladi va uni tugatmasdan tark etdi[1]. U yerda uning asarlari bir nechta medallar bilan taqdirlangan va u qirol Uilyam III dan stipendiya olgan, bu unga mustaqil oʻqish imkonini yaratdi[2].

1888 - yilda u Van Wisselingh & Co san'at dileri tomonidan moliyalashtirilgan Istanbulga oʻquv safari qildi, shuningdek, sharqshunoslikni oʻzining asosiy mavzusiga aylantirishga qaror qildi[1]. Keyin esa u Marokash, Jazoir, Misr, Hindiston, Seylon va Gollandiyaning Sharqiy Hindistoniga juda koʼp sayohatlar qildi, Van Visselingga eskizlar hamda buyumlar yigʻdi. U, shu bilan birga, qisqa muddatli adabiy jurnal uchun rassom boʻlib ishlagan, uning nomidan Tsar Nikolay II ning toj kiyish marosimida qatnashgan[2]
1894 - yilda u Anvers xalqaro koʻrgazmasida birinchi darajali medalni qoʻlga kiritdi. Ikki yil oʻtgach, u Willink van Collenprijs bilan taqdirlandi. U Universelle koʻrgazmasida Gran-prini mukofotini oldi (1900) . 1902 - yilda u Amsterdamlik Jofferlardan biri boʻlmish rassom Jo Stumpffga uylandi[2] Bundan keyin Luiziana sotib olish koʻrgazmasida omadli namoyish etildi. U Yevropa hamda Shimoliy Amerika boʻylab toʼxtovsiz ravishda namoyish etishda davom etadi.
1900 - yilda u Apelsin-Nassau ordeni bilan Ridder unvoniga sazovor boʻldi. Olti yil oʻtgach esa, u Rembrandtning uch yuz yillik yubileyiga qoʻshgan hissasiga ofitser darajasiga koʻtarildi[1]... 1911 - yilda Belgiya qiroli Albert I uni toj ordeni bilan taqdirladi, shuningdek, 1927 - yilda Niderlandiya sher ordeni bilan Ridder boʻldi. U Pulchri Studio va Arti et Amicitiaening uzoq yillik a'zosi edi. 1930 - yilda u Senefelder klubining faxriy a'zosi boʻldi[1] Ikki yil oʻtgach, u insult sababli olamdan oʼtdi. Amsterdamning Overtoomse Veld shahridagi IX va XX asr golland rassomlariga bagʻishlangan koʻchalar mahallasida koʻchaga uning nomi berilgan.
1996 - yilda "Bauer Documentatie Stichting" (BDS) tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi - uning asarlari toʼgʼrisidagi bilimlarni oshirish hamda uning rasmlari manbalari boʻyicha koʻproq tadqiqotlar olib borish.
Tanlangan asarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Togʻlardagi tuya chavandozlari
- Sharq toʻyi
- Tovuslar bilan gumbaz
Adabiyotlar [3].
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 4 Biography and timeline @ the Marius Bauer website (see external links).
- 1 2 3 Brief biography @ Schilderijen Site.
- ↑ „Marius Alexander Jacques Bauer - Artist, Fine Art Prices, Auction Records for Marius Alexander Jacques Bauer“. www.askart.com. Qaraldi: 2020-yil 5-may.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sharqshunos rassomlar roʻyxati
- sharqshunoslik
Qoʻshimcha oʻqish
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Andre Kraayenga:
- Marius Bauer 1867-1932. Oogstrelend oosters , Waanders, 2007-yilISBN 90-400-8276-6 .
- Mardindagi sharqshunos (Koʻrgazma katalogi, Zeynep Inankur bilan), Sakıp Sabanji muzeyi, 2013-yilISBN 605-434-852-3
- Michiel Frederik Hennus, Marius Bauer, Becht, 1950-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Marius Bauer, rasmiy veb-sayt (BDS) (Wayback Machine saytida 2022-08-13 sanasida arxivlangan)
- ArtNet: Bauerning boshqa asarlari.
