Kontent qismiga oʻtish

Mario Lemina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mario Lemina
Lemina training with Lorient in 2013
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mario René Junior Lemina[1]
Tavallud sanasi 1-sentyabr 1993-yil (1993-09-01) (30 yosh)[2]
Tavallud joyi Libreville, Gabon
Boʻyi 1.84 m[3]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Wolverhampton Wanderers
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000–2004 ES Nanterre
2004–2006 FC Rueil-Malmaison 92
2006–2009 AF Garenne-Colombes
2009–2013 Lorient
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010–2013 Lorient II 31 (0)
2012–2013 Lorient 14 (0)
2013–2015 Marseille II 4 (1)
2013–2015 Marseille 41 (2)
2015–2017 Juventus 29 (3)
2017–2021 Southampton 46 (2)
2019–2020Galatasaray (loan) 20 (0)
2020–2021Fulham (loan) 28 (1)
2021–2023 Nice 46 (2)
2023– Wolverhampton Wanderers 54 (4)
Milliy terma jamoa
2013 Fransiya U20 6 (0)
2013 Fransiya U21 1 (0)
2015– Gabon 31 (3)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11-iyun uchun)

Mario Rene Junior Lemina (fransuzcha talaffuzi: ​[maʁjo ləmina]; 1993-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) – gabonlik professional futbolchi, yarim himoyachi. „Wolverhampton“ klubi va Gabon terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Dastlab Fransiyaning „Lorient“ va „Marsel“ jamoalarida oʻynagan. 2015-yilda Italiyaning Juventus jamoasi safiga qoʻshilgan. Juventus tarkibida har ikkala mavsumda ham Serie A va Italiya kubogida chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2017-yilgi UEFA chempionlar ligasi finalida maydonga tushgan. 2017-yilda Angliyaning Sautgempton klubiga oʻtgan. 2019-yilda Turkiyaning Galatasaray klubiga ijaraga berilgan. Keyinchalik, Angliyaning Fulham klubiga ijaraga berilgan. 2021-yilda esa Fransiyaning Nice klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yilning yanvarida Wolverhampton bilan shartnoma imzolagan.

Lemina yoshligida Fransiya terma jamoasi tarkibida musobaqalarda qatnashgan. Kattalar oʻrtasida esa Gabon terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. 2017 va 2021-yilgi Afrika millatlar kubogida Gabon terma jamoasi tarkibida oʻyinlarda ishtirok etgan.

Ukasi Noha Lemina ham hozirda "Wolverhampton" klubi futbolchisi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lemina faoliyatini 7 yoshida Fransiyaning ES Nanterre nomli klubida boshlagan[4]. 15 yoshida Lorient yoshlar akademiyasi bilan shartnoma imzolagan[4]. 2012—2013-yilgi mavsumda Lorient klubida asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. Ushbu klub safida bir mavsum davomida harakat qilgan[5].

Marsel[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lemina 2013-yilda Marsel klubi safida

Keyingi mavsumda Marsel Leminani 4 million yevro evaziga sotib olgan. 2013—2014-yilgi mavsumda bor-yoʻgʻi sakkizta oʻyinda asosiy tarkibda maaydonga tushgan. 2014—2015-yilgi mavsumda murabbiy Marcelo Bielsa unga koʻp imkon bera boshlagan. Shu mavsumda 23 ta oʻyinda maydonga tushgan va jamoaning ligada toʻrtinchi oʻrinni egallashiga oʻz hissasini qoʻshgan[5]. 2015-yil fevralida Lemina Liga 1 doirasidagi „Renn“ ga qarshi oʻyinda (1:1) Ola Toivonenga nisbatan qoʻpol harakati uchun maydondan chetlatilgan[6].

Juventus[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning yozida Lemina bir nechta klublar, jumladan, Premer-liga klublari Liverpul, Sautgempton va West Ham Uniited eʼtiborini torta boshlagan[5]. 31-avgust kuni, transfer oynasining soʻnggi kunida, Yuventus Leminani 2015—2016-yilgi mavsum oxirida 9,5 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan 500 000 evroga ijaraga olganini eʼlon qilgan[7]. 2015-yilning 26-sentyabrida Juventusdagi birinchi golini Napoli darvozasiga kiritgan. Uchrashuv 2:1 hisobida Napoli klubi foydasiga hal boʻlgan[8].

2016-yil 29-aprelda Lemina Juventus bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan[9]. 21-may kuni Lemina Italiya kubogi finalida maydonga tushgan. Juventus qoʻshimcha vaqtdan soʻng Milanni 1:0 hisobida magʻlub etgan va ketma-ket ikkinchi mavsumda Italiya kubogini qoʻlga kiritgan[10].

Southampton[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lemina Southampton klubi safida (2018-yil)

2017-yil 8-avgustda Lemina 15,4 million funt sterling evaziga Southampton klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan va klub tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangan[11][12]. 20-avgust kuni Southampton safida debyut qilgan. Oʻsha uchrashuvda klub „West Ham United“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan[13]. Mario 3-fevral kuni „Sautgempton“ safida raqib darvozasiga ilk marta toʻp kiritgan va West Bromwich ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshgan[14].

Galatasaray[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019—2020-yilgi mavsumni Lemina ijara asosida Galatasaray klubi safida oʻtkazgan[15].

Fulham[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 30-avgustda Lemina sotib olish imkoniyati bilan Fulhamgaijaraga berilgan[16]. Klubdagi debyutini 2020-yil 16-sentabr kuni Angliya liga kubogining 2-raundida Ipswich Townga qarshi bahsda oʻtkazgan va bu oʻyinda „Fulham“ 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[17]. 2021-yilning 7-martida Lemina „Fulham“ safida oʻzining birinchi golini urgan va bu gol Liverpul ustidan mehmonda 1:0 hisobida gʻalaba qozonilishiga sabab boʻlgan[18].

Nice[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 24-iyulida Lemina „Nice“ klubi futbolchisiga aylangan[19].

Wolverhampton[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lemina „Wolverhampton“ safida (2024-yil, mart)

2023-yilning 13-yanvarida Wolverhampton bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan[20]. 2023-yilning 14-yanvarida Premyer-liga doirasidagi „West Ham“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. Mazkur oʻyinda „boʻrilar“ 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[21].

Mario Lemina 2023-yilning 22-yanvarida „Wolverhampton“ safarda 3:0 hisobida Manchester Cityga magʻlub boʻlgan[22] va 4-fevralda oʻz maydonida Liverpool 3:0 hisobida magʻlub etilgan bahslarda maydonda 90 daqiqa harakat qilgan[23].

11-fevral kuni sobiq jamoasi „Southampton“ga qarshi bahsda ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan. Wolverhampton 10 kishi boʻlib bir soatdan koʻproq oʻynaganiga qaramay, oʻyinda 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[24].

2023-yil 8-oktabr kuni Premyer-ligada Aston Villaga qarshi oʻyinda faoliyatida ikkinchi marta maydondan chetlatilgan[25]. Diskvalifikatsiya muddatini oʻtab boʻlganidan soʻng, 2023-yil 28-oktabr kuni Newcastle Unitedga qarshi oʻyinda (2:2) raqib darvozasiga toʻp kiritgan[26]. 11-noyabr va 24-dekabrda Tottenham[27] va Chelsea[28], 27-dekabrda esa Brentford klubari darvozalariga toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan[29].

2024-yil 28-fevralda Brighton & Hove Albionga qarshi (1:0) oʻyinda Angliya kubogidagi ilk golini kiritgan[30].

2024-yil 11-may kuni „Boʻrilar“ning Crystal Palacega qarshi oʻyinidan soʻng Lemina muxlislar tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[31].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Updated squad lists for 2022/23 Premier League“. Premier League (2023-yil 4-fevral). Qaraldi: 2023-yil 11-fevral.
  2. „Mario Lemina: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  3. „Mario Lemina: Biography“. Southampton F.C. (2017-yil 9-avgust). 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  4. 4,0 4,1 „Mario Lemina : "Un rêve d'enfant !"“ (fr-FR). FC Lorient (2016-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  5. 5,0 5,1 5,2 Greg Lea. „Mario Lemina: Juve's hot-headed loanee who Liverpool wanted this summer“. Four Four Two (2015-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
  6. „Lemina could face action after groin punch“. Four Four Two (2015-yil 7-fevral). 2015-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
  7. Alec Fenn. „Juventus confirm Lemina medical“. Goal.com (2015-yil 31-avgust). Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
  8. Gianluca Monti. „Napoli-Juventus 2-1: Insigne e Higuain inguaiano Allegri. Lemina, gol inutile“ (it). La Gazzetta dello Sport (2015-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
  9. „Lemina signs four-year Juventus deal“. juventus.com (2016-yil 29-aprel). Qaraldi: 2016-yil 29-aprel.
  10. „Coppa Italia: Morata in extra time“. Football Italia (2016-yil 21-may). Qaraldi: 2016-yil 21-may.
  11. „Mario Lemina: Southampton sign Juventus midfielder for £15.4m“. BBC Sport (2017-yil 8-avgust).
  12. „Saints seal Lemina deal“. Southampton F.C. (2017-yil 8-avgust). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  13. Chapman. „Southampton 3–2 West Ham United“. BBC Sport (2017-yil 19-avgust). Qaraldi: 2017-yil 20-avgust.
  14. Henry, Matthew. „West Bromwich Albion 2–3 Southampton“. BBC Sport (2018-yil 3-fevral). Qaraldi: 2018-yil 4-fevral.
  15. „Football: Lemina says good bye to Galatasaray fans“. aa.com (2020-yil 25-iyul).
  16. „Mario Lemina Arrives On Loan“. Fulham FC (2020-yil 30-avgust). Qaraldi: 2020-yil 23-sentyabr.
  17. „Ipswich Town 0-1 Fulham“. BBC Sport (2020-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-sentyabr.
  18. Johnston, Neil. „Liverpool 0-1 Fulham: Mario Lemina hits winner as Reds' slide continues“. BBC Sport (2021-yil 7-mart). Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  19. „Lemina signs for Nice!“. OGC Nice (2021-yil 24-iyul). 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
  20. „Wolves complete Lemina transfer“. wolves.co.uk (2023-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  21. Stone, Simon. „Wolves 1–0 West Ham: Daniel Podence winner adds to pressure on David Moyes“ (en-GB). BBC Sport (2023-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.
  22. Stone. „Manchester City 3–0 Wolverhampton Wanderers“. BBC Sport (2023-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.
  23. Rose. „Wolverhampton Wanderers 3–0 Liverpool: Wolves add to disappointing Reds' misery“. BBC Sport (2023-yil 4-fevral). Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.
  24. Poole. „Southampton 1–2 Wolverhampton Wanderers: Defeat increases pressure on Nathan Jones“ (en-gb). BBC Sport (2023-yil 11-fevral). Qaraldi: 2023-yil 11-fevral.
  25. Jackson. „Wolverhampton Wanderers 1–1 Aston Villa: Fiery West Midlands derby ends all square“ (en-gb). BBC Sport (2023-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
  26. Millington. „Wolverhampton Wanderers 2–2 Newcastle United: Newcastle held to draw after Wolves comeback“ (en-gb). BBC Sport (2023-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  27. Fisher. „Mario Lemina grabs dramatic win for Wolves as two late goals stun Spurs“. The Guardian (2023-yil 11-noyabr).
  28. „Lemina and Doherty move Wolves level with Chelsea“. Premier League (2023-yil 24-dekabr).
  29. Sutcliffe. „Brentford 1–4 Wolverhampton Wanderers“. BBC Sport (2023-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
  30. Thomas. „Wolverhampton Wanderers 1–0 Brighton & Hove Albion: Mario Lemina scores winner as Wolves reach quarter-finals“. BBC Sport (2024-yil 28-fevral). Qaraldi: 2024-yil 29-fevral.
  31. „Lemina and George voted Players of the Season“. Wolverhampton Wanderers F.C. (2024-yil 11-may).