Marcos Rosha
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Marcos Luis Rocha Aquino | ||
| Tavallud sanasi | 11-dekabr, 1988-yil | ||
| Tavallud joyi |
Seti Lagoas, | ||
| Boʻyi | 184 cm | ||
| Ampluasi | himoyachi | ||
| Vazni | 68 kg | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
| ||
| Raqami | 2 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2005 |
| ||
| 2006 |
| ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2006 — 2008 |
| (24 (1)) | |
| 2008 |
| (? (?)) | |
| 2008 |
| (? (3)) | |
| 2009 |
| (18 (1)) | |
| 2010 |
| (9 (0)) | |
| 2010 — 2011 |
| (40 (2)) | |
| 2012 — 2017 |
| (213 (9)) | |
| 2018 — h.v. |
| (128 (5)) | |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Markos Luis Rosha Akino (portugalcha: Marcos Luis Rocha Aquino) — braziliyalik futbolchi, Palmeirasning oʻng qanot himoyachisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markos Rosha — „Atletiko Mineiro“ tarbiyalanuvchisi, u 2006-yilda asosiy tarkib safida debyut qilgan. 2008-yildan 2012-yilgacha u Braziliyaning turli jamoalariga tez-tez ijaraga berilgan. Xususan, 2011-yilda u Amerika Belu-Orizonti shahridagi „Amerika“da oʻynagan.
2011-yilgi mavsum oxirida Rosha Braziliya chempionatining ramziy terma jamoasiga kirdi, himoyachi 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi va bu koʻrsatkich boʻyicha ikkinchi boʻldi, Atletiko Mineyro esa Minas-Jerais shtati chempioniga aylandi. Braziliya chempionatida 23 yoshli Rosha oʻsha vaqtga qadar 71 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan va 24 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchiga „Rubin“, Ispaniyaning „Atletiko“ va Angliyaning „Nyukasl Yunayted“ kabi klublari qiziqish bildirishgan[1].
2012-yildan buyon Markos Rosha doimiy ravishda oʻzining „Atletiko Mineiro“ jamoasida oʻynab, 2013-yilda Libertadores kubogini yutgan.
2018-yildan beri u „Palmeiras“da oʻynamoqda. Birinchi yili u jamoaga Braziliya chempioni boʻlishiga yordam berdi. 2020-yilda u Liga Paulista gʻolibi boʻldi. 2020-yilgi Libertadores kubogida Markos Rosha toʻqqizta oʻyin oʻtkazdi va oʻz faoliyatida ikkinchi marta ushbu turnirda gʻalaba qozondi[2]. 2021-yil oxirida u jamoasiga ketma-ket ikkinchi marta Libertadores kubogini yutishiga yordam berdi.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Mano Menezes ikki marta Markosni terma jamoaga chaqirgan.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
San-Paulu shtati chempioni (1): 2020
Minas-Jerais shtati chempioni (5): 2012, 2013, 2015, 2016, 2017
Braziliya chempioni (1): 2018
Braziliya kubogi sohibi (2): 2014, 2020- Libertadores kubogi sohibi (3): 2013, 2020, 2021
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „«Рубин» поспорит за лучшего защитника чемпионата Бразилии“. 16-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-noyabr 2012-yil.
- ↑ „A obsessão é verde! Palmeiras vence o Santos e conquista o bi da Libertadores“. Globo (30-yanvar 2021-yil). 16-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.