Marсos Alonso Mendoza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 Markos Alonso Mendoza (ispancha: Marcos Alonso Mendoza) 1990-yil 28-dekabrda Ispaniya markazi Madridda tavallud topgan[1][2].

Markos Alonso Futbol
Marcos Alonso Mendoza.jpg
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Markos Alonso Mendoza
Tugʻilgan 28-dekabr 1990-yil(1990-12-28)(31 yosh)
Madrid, Ispaniya
Fuqaroligi
Boʻyi 188 cm
Vazni 81 kg
Pozitsiya chap qanot himoyachisi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Ispanii Barselona
Raqami 17
Yoshlar klubi safida
1999—2008 Flag Ispanii Real Madrid
Klublaragi karerasi
2010 Flag Ispanii Real Madrid 1 (0)
2008—2010 Flag Ispanii Real Madrid Kastilya 39 (3)
2010—2013 Flag Anglii Bolton Uonderers 35 (5)
2013—2016 Flag Italii Fiorentina 58 (4)
2013—2014 Flag Anglii Sanderlend 16 (0)
2016—2022 Flag Anglii Chelsea 212 (29)
2022—h.v. Flag Ispanii Barselona 0 (0)
Terma jamoa safida
2009 Flag Ispanii Ispaniya (U19) 3 (0)
2018—h.v. Flag Ispanii Ispaniya 4 (0)
Xalqaro medallari
UEFA Millatlar Ligasi
Kumush Italiya 2021
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Markos Alonso ispaniyalik futbolchi boʻlib, „Barcelona“ klubi va Ispaniya terma jamoasining chap qanot himoyachisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Uchinchi avlod professional futbolchisi: ispaniyalik futbolchi Markitosning nabirasi va sobiq „Atletiko“ va „Barcelona“ oʻyinchisi Markos Alonso Penyaning oʻgʻli hisoblanadi[3]. Uchalasi ham jamoada toʻp surgan futbolchilar sanaladi. Markos Alonso 1999—2008-yillarda „Real Madrid“ akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2010-yilda u asosiy jamoada debyut qilgan, biroq katta raqobat tufayli klubni tark etishga majbur boʻlgan. U „Bolton Uonderers“, „Fiorentina“ va „Sanderlend“ kabi klublarda oʻynagan.

„Fiorentina“da oʻzini koʻrsatgach, „Chelsea“ jamoasidan taklif olgan futbolchi, jamoa tarkibida Angliya chempioni va Angliya kubogi sohibiga aylangan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markos Alonso Madridda tugʻilgan hamda u bolaligidanoq futbolga qiziqqan. Uning bobosi Markitos ispan futboli afsonasi hisoblangan. Markitos Alfredo Di Stefano va Ferens Pushkash bilan birga toʻp surib, 5 marta yevrokuboklarni yutgan. Otasi — Markos Alonso Peña — „Atletiko“ va „Barcelona“ jamoalarida oʻynagan[4][5]. Alonsoning onasi yahudiy millatiga mansub boʻlgan va futbolchining ismini uning onasi qoʻygan. Bolaligidan u „Atletiko Madrid“ga muxlislik qilgan va klub hatto unga akademiyadan joy ham taklif qilgan. Ammo mashgʻulot maydoni uydan juda uzoqda boʻlgani uchun bolani „Real Madrid“ akademiyasiga yuborishga qaror qilishgan[6].

Klubdagi karerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U „Real Madrid“ akademiyasida 9 yil oʻtkazgach, keyin yana ikki yil „Real Madrid B“ tarkibida oʻynagan. 2009/10-yilgi mavsum davom etar ekan, asosiy jamoa menejeri Manuel Pellegrini uni mashgʻulotlarga jalb qila boshlagan va uni La Liga oʻyinlari uchun arizalarga kirita boshladi. Biroq chempionatdagi ogʻir kurash tufayli Alonso oʻz imkoniyatini faqat aprel oyida qoʻlga kiritgan va u „Rasing“ jamoasiga qarshi oʻyinda bir necha daqiqaga Gonsalo Iguainni almashtirgan[7]. Bu uning Santyago Bernabeudagi ilk amaliyoti boʻlgan.

Terma jamoadagi karerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida 3 ta oʻyin oʻtkazgan. "Real Madrid"ni tark etgach, u „Qizil furiya“ murabbiylar shtabining nazaridan chetda qolgan.

2018-yilning 27-mart kuni u Ispaniya terma jamoasi safida Argentinaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan va oʻyin tugashiga 11 daqiqa qolganida Xordi Alba oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. Shu tariqa, Alonso oilasi Ispaniyada birinchi boʻlib uch avlod vakillari Ispaniya terma jamoasida oʻynagan. Murabbiy Xulen Lopetegi Ispaniya terma jamoasining JCh-2018 uchun terma jamoasiga kiritmagan edi.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 12-iyun holatida:

Terma jamoadagi yillar bo'yicha ishtiroki va gollari
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gol
Ispaniya 2018 3 0
2021 2 0
2022 4 0
Jami 9 0


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Marcos Alonso // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Marcos Alonso Mendoza // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
  3. „Маркос Алонсо - альтернатива Марсело“. 25-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-avgust 2016-yil.
  4. „Marcos Alonso: "Mi sueño es dar el salto al primer equipo del Real Madrid"“ (es). Fútbol de Cantabria (8-sentabr 2009-yil). 26-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-mart 2010-yil.
  5. McTear, Euan. „The three generations of Marcos Alonsos who have played at Wembley“. The Guardian (8-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 9-yanvar 2021-yil.
  6. "Doma govorim o „Chelsi“, chtobi ne ssoritsya. A seme Markosa Alonso slishkom mnogo „Reala“ I „Barsi“
  7. „Ronaldo and Higuain on target“. ESPN Soccernet (4-aprel 2010-yil). 2-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-sentabr 2011-yil.