Kontent qismiga oʻtish

Makkada ziyoratchilarning ommaviy oʻlimi (2024)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Makkada ziyoratchilarning ommaviy oʻlimi (2024)
Sana16-iyun, 2024-yil(2024-06-16) – hozirgacha
JoylashuvMakka, Saudiya Arabistoni
SababJazirama
Ishtirokchilar1.8 million
NatijaKoʻplab mamlakatlardankelgan
ziyoratchilar orasida kuzatilgan
oʻlim holatlari
Halok boʻlganlar922
Jarohatlangan(lar)2,764
Makkada aniqlangan eng yuqori harorat: 51.8 °C (125.2 °F)

2024-yilning 16-iyunidan beri Makkaga Haj ziyoratiga borgan kamida 922 kishi havo harorati selsiy shkalasi boʻyicha 50 darajadan (farengeyt boʻyicha 122 daraja) oshib ketgan qattiq jazirama tufayli halok boʻldi[1]. Makka masjidida qayd etilgan eng issiq harorat 51.8 °C (125.2 °F)ni tashkil etgan[2]. 16-iyun kuni kamida 2764 ta issiqlik bilan bogʻliq kasalliklar qayd etilgan[3]. Shuningdek olomon siqilishida bir kishi halok boʻldi[4].

Qurbonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yilgi Hajga 1,8 million ziyoratchi tashrif buyurdi. Halok boʻlganlarning kamida 600 nafari misrlik ziyoratchilardir. Iordaniyalik diplomatlarning taʼkidlashicha, 60 nafar iordaniyalik ham jazirama tufayli halok boʻlgan[4]. Tunis tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, kamida 35 nafar tunislik ziyoratchilar „haroratning keskin koʻtarilishi“ oqibatida halok boʻlgan. Indoneziya 144 nafar indoneziyalik oʻlganini xabar qilib, ulardan kamida uchtasi issiqlik urishi tufayli ekanligi tasdiqladi. Iroqdagi Kurdiston mintaqasidan kelgan 13 nafar ziyoratchi jazirama tufayli halok boʻlgani xabar qilingan. Hindistonning Jammu va Kashmir hududidan kelgan besh nafar ziyoratchi ayol Arofot togʻi va Muzdalifada issiq urishi oqibatida halok boʻldi[5]. Eron va Senegaldan kelgan bir qancha ziyoratchilar hsm halok boʻlgani xabar qilingan[6][7].

Baʼzi ziyoratchilar yoʻl boʻyida harakatsiz yotgan ziyoratchilarni koʻrganini va tez yordam xizmatlari qurbonlar soniga nisbatan yetarlicha eʼtibor bera olmayotganliklarini taʼkidladilar.

Misrlik diplomatning taʼkidlashicha, koʻp sonli ziyoratchilar, moliyaviy jihatdan qurbi yetmaganliklari sababli rasmiy tartib-qoidalarga rioya qilmay va roʻyxatdan oʻtkazmasdan haj ziyoratini amalga oshirgan oʻtkazgan va bu misrlik qurbonlar soni ortib ketishiga taʼsir qilgan boʻlishi mumkin[2].

19-iyun kuni halok boʻlganlar soni 922 kishiga yetdi, jumladan, bulaning 600 nafari misrliklardan iborat[8].

Davlatlarga koʻra qurbonlar
Millati Vafot etganlar Manba
 Bangladesh 21 [9]
 Misr 600 [8]
 Indoneziya 144 [10]
 Hindiston 68 [11]
 Iordaniya 60 [12]
 Tunis 35 [13]
 Malayziya[lower-alpha 1] 14 [14]
 Marokash[lower-alpha 2] 17 [15]
 Eron 15 [16]
 Iroq 11 [17]
 Rossiya 4 [18]
 Senegal 3 [19]
Umumiy 992[lower-alpha 3]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maʼlumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Xabar qilinishicha, aksariyati boshqa surunkali kasalliklardan vafot etgan. Ayni vaqtgacha issiqlik ularning oʻlimiga taʼsir qilgani tasdiqlanmagan.
  2. Xabar qilinishicha, aksariyati boshqa surunkali kasalliklardan vafot etgan. Ayni vaqtgacha issiqlik ularning oʻlimiga taʼsir qilgani tasdiqlanmagan.
  3. 19-iyun holatiga koʻra, jazirama tufayli kamida 921 kishi halok boʻlgan, bir kishi esa siqilish paytida vafot etgan. Ziyorat paytida oldingi sharoitlardan vafot etgan yana bir qancha odamlar bor: jadvalda Haj vaqtida jami oʻlganlar hisobga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „More than 550 hajj pilgrims die in Mecca as temperatures exceed 50C | Hajj | The Guardian“. amp.theguardian.com. 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  2. 2,0 2,1 „At least 550 hajj pilgrims die in scorching temperatures“ (en-AU). ABC News (2024-yil 19-iyun). 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  3. „Saudi Arabia: Over 2,700 cases of heat exhaustion, sunstroke recorded during Haj – Alwast News“ (en). enews.alwast.net (2024-yil 18-iyun). 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  4. 4,0 4,1 „More than 300 Egyptians die from heat during Hajj pilgrimage in Saudi Arabia, diplomats say – CBS News“ (en-US). www.cbsnews.com (2024-yil 18-iyun). 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  5. „Five Kashmiri Women Die Of Heat Stroke During Hajj“ (en-US). Kashmir Observer (2024-yil 18-iyun). 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  6. „Jordan, Tunisia report additional hajj heat deaths“. The New Arab (2024-yil 19-iyun). 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  7. „68 Hajj pilgrims from India dead amid high summer heat in Mecca: Diplomat“. 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  8. 8,0 8,1 „Loved ones search for missing as hajj death toll passes 900“. Al Monitor (2024-yil 19-iyun). 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  9. „21 Bangladesh pilgrims died during hajj“ (en). Risingbd.com (2024-yil 18-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  10. „Hundreds of Hajj pilgrims reported dead amid lethal heatwave“ (en). euronews (2024-yil 19-iyun). 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  11. „68 Hajj pilgrims from India dead amid high summer heat in Mecca: Diplomat“ (en). euronews (2024-yil 19-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  12. Staff. „Search for missing pilgrims continues after hajj heat deaths“ (en-GB). The Guardian (2024-yil 19-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  13. Vinograd, Cassandra; Mekay, Emad. „A Deadly Toll as an Intense Heat Grips Saudi Arabia“ (en-US). The New York Times (2024-yil 19-iyun). 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  14. „Six Malaysians pilgrims died after wukuf“ (en). Sinar Daily (2024-yil 20-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  15. „LATEST UPDATE: More than 900 pilgrims die in heat wave, including 17 Moroccans; search for missing persons underway“ (en). Iran International (2024-yil 19-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  16. „Death Toll From Iranian Pilgrims at Hajj Rises to 11“ (en). Iran International (2024-yil 18-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  17. „Fifteen Kurdish pilgrims dead in heatwave as Hajj ends“ (en). Rudaw (2024-yil 18-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  18. „Four Russian pilgrims die in Saudi Arabia during Hajj“ (en). TASS (2024-yil 19-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.
  19. „A Deadly Toll as an Intense Heat Grips Saudi Arabia“ (en). The New York Times (2024-yil 19-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-iyun.