Jammu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

JammuHindistonning shim.dagi shahar. Jammu va Kashmir shtatida, Tavi daryosi vodiysida. Shtatning ikkinchi maʼmuriy markazi (qishki qarorgoh). Aholisi 250 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Himolay togʻlari etagidagi muhim transport yoʻllari tuguni. Savdo markazi. Kimyo, toʻqimachilik sanoati, hunarmandchilik rivojlangan. Ipak yigirish, sholi oqlash korxonalari bor. Kulolchilik buyumlari, dori-darmon, rezina va charmdan turli buyumlar ishlab chiqariladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil