Yettiboʻgʻim
Qiyofa
Yettiboʻgʻim (Aegilops cylindrica) — bugʻdoydoshlar (boshoqdoshlar) oilasiga mansub bir yillik oʻt. Poyasi tuksiz, boʻgʻimlaridan egilgan. Bargi dagʻal, tuksiz yoki siyrak tukli. Boshogʻi silindrsimon, uzunligi 7—12 sm. Boshokchalari 7—12 ta, boshoqpoyaga bittadan joylashgan. May va iyunda gullab, urug' beradi. Oʻzbekistonning choʻl va adir zonalaridagi boʻz tuproqda koʻp oʻsadi, ekin maydonlarining chekkalarida ham uchraydi. Boshoqlaguncha mollar yaxshi yeydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |