Mahmud al-Hasiriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmud al-Hasiriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1151-yil (hijriy 546-yil)
Vafoti milodiy 1239-yil (hijriy 636-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hanafiy faqih va muhaddis

(Abulmahomid, Jamoluddin) Mahmud ibn Ahmad ibn Abdussayyid ibn Usmon ibn Nasr ibn Abdulmalik al-Hasiriy (hijriy 546-yil jumodulavval oyi (milodiy 1151-yil)da Buxoroda tugʻilib, 636-yil safar oyining 8-sanasi (milodiy 1239-yil)da Damashqda vafot etgan va sufiylarning mozoriga dafn etilgan) — Buxoro hududiga qarashli Hasir qishlogʻidan, hanafiy faqih va muhaddis boʻlgan. Koʻp hadis tinglagan. Soʻngra Damashqqa borib, u yerdagi „Nuriya“ madrasasida tahsil olgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sharhu-l-jomiʼi-l-kabiyr“ (Muhammad Shayboniy qalamiga mansub hanafiy fiqhning sohalari haqidagi „al-Jomiʼ al-kabiyr“ „Katta toʻplamga sharh", u sakkiz jilddan iborat);
  • al-Jomiʼ al-kabiyr“ga bundan boshqa ham yana ikkita sharh bitgan. Mazkur sharhlarning biri — „Muxtasar“ („Muxtasar“), ikkinchisi esa — „Mutavval“ („Uzundan-uzoq“ boʻlib, muallif uni „at-Tahrir“ deb nomlagan);
  • Xayru-l-matlub fi ilmi-l-margʻub“ („Koʻngil tusagan ilm haqida talab etilganlarning yaxshisi“) deb nom bergan;
  • Sharhu-s-siyari-l-kabiyr“(Shayboniyning „as-Siyar al-kabiyrasariga sharh")[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 108 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.