Kontent qismiga oʻtish

Mădălina Diana Ghenea

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mădălina Diana Ghenea

Mădălina Ghenea 2019-yilda
Tavalludi
Mădălina Diana Ghenea

8-avgust 1987-yil (1987-08-08) (36 yosh)[1][2][3][4][5][6]
Fuqaroligi Ruminiya
Taʼlimi Ion Minulescu milliy kolleji
Kasbi Aktrisa, model
Bolalari 1[7][8]
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Veb-sayti madalinagheneaofficial.com

Mădălina Diana Ghenea (rumincha: mədəˈlina diˈana ˈɡene̯a; 1987-yil 8-avgustda tugʻilgan[1][2][3][4][5][6]) – ruminiyalik aktrisa va model. Ghenea oʻzining modellik faoliyatini 15 yoshida boshlagan va Italiyaning Milan shahrida Gattinoni brendi uchun taqdimotlar qilgan. U „Deep Fear“ trilleridagi Nahomi hamda „House of Gucci“ filmidagi Sophia Loren rollari bilan xalqaro miqyosda mashhurlikka erishgan.

Faoliyati davomida Mădălina Diana Ghenea Ruminiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya va Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan moda namoyishlarida ishtirok etgan hamda Peroni, New Yorker va Quelle kabi bir nechta brendlarning reklamalarida chiqqan[9]. U, shuningdek, MRA agentligining yana ikkita modeli Catrinel Menghia va Carmen Prodan bilan birga xalqaro taqvim uchun tanlanb olingan.

2007-yilda u Eros Ramazzottining „The New Best of Eros Ramazzotti – Il tempo tra di noi“ nomli albomi uchun suratga olingan musiqiy videoda rol ijro etdi. Ghenea u yerda Ramazottining sevgilisi sifatida rol oʻynagan[10]. 2010-yilda u Italiyaning „Ballando con le Stelle“ nomli isteʼdodlar shousining oltinchi mavsumida ishtirok etgan, uning sherigi raqqosa Simone Di Pasquale edi. 2011-yilda u TRE-Italy mobil kompaniyasining, DEHA raqs kiyimlari brendining va Mille Miglia vintage poyga avtomobillarining brend yuzi boʻlgan.

2011-yilda u Italiyaning „I solitie idioti“ filmida Irina rolida aktrisa sifatida debyut qilgan. 2013-yilda u Jude Law bilan birga „Dom Hemingway“ filmida rol ijro etgan[11]. 2015-yilda Ghenea Paolo Sorrentino tomonidan suratga olingan „Youth“ dramatik filmida Miss Universe sifatida paydo boʻldi. Ghenea Italiyalik aktyor Gabriel Garko bilan birga Sanremo musiqa festivalining 2016-yilgi mavsumida Carlo Contiga yordamchi sifatida boshlovchilik qilgan[12][13][14]. U 2016-yil sentabr oyida Belén Rodríguez oʻrniga Vanitas nomli brendining yuzi sifatida faoliyat yurita boshlagan[15][11].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mădălina Diana Ghenea rumin, italyan, ispan va ingliz tillarini yaxshi biladi[16]. U Gaiti Respublikasiga yordam berish maqsadida „Artists for Peace and Justice“ nomli tashkilotga aʼzo boʻlgan. Genea oʻzining tugʻilgan shahri hisoblangan Slatinadagi asosiy kasalxonaning tugʻruq boʻlimini taʼmirlash uchun katta miqdorda mablagʻ xayriya qilgan[17][10].

2011-yil oxirida u aktyor Leonardo DiCaprio bilan ishqiy munosabatda boʻlgan[18].

2012—2013-yillar oraligʻida u aktyor Gerard Butler bilan munosabatda boʻlgan edi[19]. 2014-yilda esa Michael Fassbender bilan boʻlgan qisqa munosabati haqida xabarlar tarqalgan[20].

2017-yil mart oyida u ijtimoiy tarmoqlarda ruminiyalik millioner Matei Stratandan birinchi farzandiga homilador ekanligini eʼlon qilgan[21].

2023-yilda esa Ghenea tennischi Grigor Dimitrov bilan munosabatda boʻlgan[22].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film Janr Rol Izoh
2011-yil I soliti idioti: Il film Komediya Smutandissima
2012-yil The Mongrel Drama Dorina
2013-yil Dom Hemingway Komediya, drama Paolina
2015-yil Youth Drama Miss Universe
2016-yil Zoolander 2 Komediya Exotic woman Kameo
2016-yil Smitten! Komediya
2019-yil All You Ever Wished For Romantik komediya Rosalia Drago
2021-yil House of Gucci Drama Sophia Loren Kameo
2023-yil Deep Fear Triller Naomi Asosiy qahramon

Teleseriallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2011-yil – Ballando con le Stelle
  • 2011-yil – I soliti idioti
  • 2013-yil – Borgia
  1. 1,0 1,1 „Totul despre Madalina Ghenea – biografie, carieră, viață personală“. Viva.ro. Qaraldi: 2018-yil 13-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Madalina Ghenea, noua imagine Love Republic – Marea Dragoste“. Revisitatango.ro. Qaraldi: 2018-yil 13-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „Madalina Ghenea 2018 – FameMoose“. FameMoose. Qaraldi: 2018-yil 13-yanvar.
  4. 4,0 4,1 „Madalina Ghenea, in bratele lui Jude Law. Actorul britanic a fost filmat dezbracat in compania romancei“. Protv.ro. Qaraldi: 2018-yil 13-yanvar.
  5. 5,0 5,1 „Cannes 2015: Mădălina Ghenea, în ie, alături de Jane Fonda, la premiera filmului "La giovinezza" – FOTO“. Mediafax.ro. Qaraldi: 2018-yil 13-yanvar.
  6. 6,0 6,1 „Madalina Diana Ghenea“. Spletnik.ru. Qaraldi: 2018-yil 13-yanvar.
  7. „Mădălina Ghenea are grijă împreună cu iubitul său de Nor, băiețelul adoptat din Haiti. L-a făcut tată pe Matei Stratan!“ (ro). Libertatea (2017-yil 13-fevral).
  8. Alexandra Constanda. „Mădălina Ghenea a născut: "A fost un travaliu foarte dificil. Am plâns cum nu am făcut-o niciodată în viața mea"“ (ro). Adevărul (2017-yil 5-aprel).
  9. „Luxury Adventure – Lust for Life: Madalina Diana Ghenea – una dintre cele mai frumoase femei din lume!“. Ioanabudeanu.com (1988-yil 8-avgust). Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
  10. 10,0 10,1 „Madalina Diana Ghenea : Biography“. IMDb. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
  11. 11,0 11,1 „Madalina Ghenea | Official Website“ (it). Madalinagheneaofficial.com. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
  12. „FESTIVAL DI SANREMO 2016: GABRIEL GARKO VALLETTO DI CARLO CONTI“. DavideMaggio.it. Qaraldi: 2018-yil 13-yanvar.
  13. „Madalina Ghenea a facut senzatie la festivalul de muzica de la Sanremo. Ce a spus pe scena despre copilaria ei din Romania“. Stirile Pro TV (2016-yil 10-fevral).
  14. „Mădălina Ghenea, ravisantă la Sanremo. Un atu? Coafura retro“. Libertatea (2016-yil 10-fevral).
  15. „Madalina Ghenea sposa per Vanitas, che prima aveva Belen, bacia Matei Stratan“. Gossip.it. Qaraldi: 2017-yil 5-mart.
  16. „Madalina Ghenea Biografie, Poze, Imagini, Videoclipuri, Filmulete“. Biografii.famouswhy.ro. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
  17. „Mădălina Ghenea vrea să doteze Maternitatea din Slatina cu“. Rtv.net (2012-yil 25-aprel). Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
  18. „15 famous women Leonardo DiCaprio's been romantically connected to“ (en). South China Morning Post (2022-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-mart.
  19. „Gerard Butler has split from girlfriend Madalina Ghenea“ (en). IrishCentral.com (2013-yil 16-iyun). Qaraldi: 2024-yil 30-mart.
  20. „Flirt tra Madalina Ghenea e Michael Fassbender?“ (it). Vanity Fair Italia (2014-yil 7-yanvar).
  21. „Madalina Ghenea expecting first child“ (en). Toronto.com (2017-yil 3-mart). Qaraldi: 2024-yil 30-mart.
  22. Ciotti, Lorenzo „Grigor Dimitrov breaks up with his beautiful girlfriend Madalina Ghenea!“ (en). Tennis World USA (2023-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-mart.
  23. „20 de ani de magie de la primul film Disney dublat în limba română – CineMagia.ro“.