Måneskin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Måneskin

Måneskin 2018-yilda; chapdan oʻngga: Ethan Torchio, Victoria De Angelis, Damiano David va Thomas Raggi
Umumiy maʼlumot
Janr
Faoliyat yillari 2016-hozirgacha
Sayt maneskin.it

Måneskin (talaffuzi: Moneskin[1] tarjimasi: Oy nuri) — 2016-yilda Rimda tashkil qilingan italyan rok guruhi. Guruh vokalchi Damiano David, baschi Victoria De Angelis, gitarachi Thomas Raggi va barabanchi Ethan Torchiodan iborat[2]. Guruh dastlab koʻchalarda chiqish qilib, 2017-yilda Italiyaning X Factor isteʼdodlar shousining oʻn birinchi mavsumida ikkinchi oʻrinni egallaganidan keyin mashhurlikka erishdilar. To‘rtlik Zitti e buoni qo‘shig‘i bilan Eurovision qo‘shiq tanlovi 2021 da g‘olib bo‘lganidan kegin xalqaro muvaffaqiyatga erishganlar.

Guruh Il ballo della vita (2018) va Teatro d’ira: Vol. I (2021) nomli ikkita studiya albomini chiqaran. Shuningdek, ular Italiya va Yevropa musiqa chartlarida birinchi oʻrinni egallagan bitta mini albom va oʻnta singl chiqardilar. Ular FIMI tashkilotidan 34 ta platina va 7 ta oltin sertifikatlarini[3] qoʻlga kiritgan va Eurovision dan keyingi yutuqlaridan oldin Italiyada bir milliondan ortiq qoʻshiqlarni sotishgan[4]. Oʻsha paytgacha ularning faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli italyan singli Torna a casa edi. 2021-yilda Måneskin guruhining Zitti e buoni, I Wanna Be Your Slave va The Four Seasons, Beggin qoʻshiqlari bilan UK Singles Charts xitparadining top 10 taligiga kirgan birinchi italyan rok guruhiga aylangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-2016: Shakllanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guruh logotipi

Aʼzolar Damiano David, Viktoria De Angelis va Thomas Raggi birinchi marta Rimdagi oʻrta maktabdA oqib yurgan paytlarida bir-biri bilan tanishishgan. Frosinone shahridan boʻlgan Ethan Torchio esa Facebookdagi „Barabanchi kerak“ sarlavhali reklamasi orqali ularga qoʻshilgan[5][6][7]. Guruhning kelib chiqishi 2015-yilga toʻgʻri kelishi mumkin boʻlsa-da[7][8], 2016-yilda rivojlanayotgan guruhlar uchun mahalliy musiqa tanlovi Pulse uchun guruh roʻyxatdan oʻtishga qaror qilishib guruh uchun nom tanlashlari kerak boʻlganida rasman tashkil qilingan[8][9][10]. Guruh nomi haqida bahs ketayotganida aʼzolar yarim daniyalik De Angelisdan dancha soʻzlar aytishini soʻrashagn va ular Måneskin („oy nuri“) nomiga toʻxtalishgan[11]. Pulse tanlovi ham ularning faoliyatida burilish nuqtasi boʻlgan. Musobaqa ularni Felt musiqa klubi va maktabida 200-300 kishi oldida chiqish qilishga olib kelgan va ular sovrinni qoʻlga kiritishgan[8][12].

Keyinchalik ular Rimning Colli Portuensi tumani koʻchalarida, shuningdek, Rimning tarixiy markazlarida, shu jumladan Via del Korso koʻchasida buskers sifatida namoyishlar qilishgan. Ularning oʻz shaharlari tashqarisidagi birinchi jonli konsertlaridan biri Faenza shahrida, 2016-yildagi 2016 Meeting of Independent Record Labels da boʻlib uchrashuvda boʻlib oʻtgan. Tadbirga 30 ga yaqin kishi tashrif buyurgan[13].

Musiqiy uslubi va taʼsirlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Damiano Davidning soʻzlariga koʻra, guruh „oʻtmish musiqasining zamonaviy tarjimasi“[14]. Måneskin musiqasi pop-rok[15], alternativ rok, glem-rok va Xard-rok sifatida tasniflangan. Ularning musiqiy uslublari birinchi studiyaviy albomidagi <i>Zitti e buoni</i> qoʻshigʻida koʻrsatilganidek fank taʼsirli pop-rok tovushidan[16], ikkinchi studiyaviy albomidagi hard-rokga oʻzgargan[17][18]. Ularning tashqi koʻrinishi va ovozi 70-yillarning rok musiqasi bilan taqqoslanadi. Guruh aʼzolari Led Zeppelin, Fleetwood Mac, Nirvana, Perry Farrell, Radiohead[19], Franz Ferdinand, David Bowie, Aerosmith, Black Sabbath, Gentle Giant, The Rolling Stones, The Doors[14], Arctic Monkeys[20], Red Hot Chili Peppers, Harry Styles, Bruno Mars[21], R.E.M. va italyan rok guruhlari Marlene Kuntz, Verdena va Afterhours[22] kabi turli xil musiqachilardan ilhomlanadi.

Guruh aʼzolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

  • Damiano David — vokalchi (2016 — hozirgi kungacha)
  • Victoria De Angelis — baschi (2016 — hozirgi kungacha)
  • Thomas Raggi — gitarachi (2016 — hozirgi kungacha)
  • Ethan Torchio — barabanchi (2016 — hozirgi kungacha)

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Måneskin ishtirokidagi filmlar roʻyxati
Yil Nomi Rol Izohlar Havl.
2018 This is Måneskin Oʻzlari Hujjatli film [23]
Televideniye
Yil Nomi Rol Izohlar Havl.
2017 X Factor Musobaqa ishtirokchilari Ikkinchi oʻrin (11-mavsum)
2022 Saturday Night Live Oʻzlari Epizod: „ Uill Forte /Måneskin“
Yil Mukofot Kategoriya Ishi Natija
2022 Brit Awards[24] Xalqaro guruh This is Måneskin Nominatsiya
Yilning xalqaro qoʻshiqgʻi I Wanna Be Your Slave Nominatsiya
Premios Odeón[25] Xalqaro eng yaxshi, yangi qoʻshiqchi This is Måneskin Gʻolib
iHeartRadio Music Awards[26] Eng yaxshi yangi pop qoʻshiqchi Nominatsiya
Dunyodagi eng yaxshi guruh Gʻolib
Yilning eng yaxshi TikTok trendi Begginʼ Nominatsiya
NME Awards[27] Dunyodagi eng yaxshi guruh This is Måneskin Nominatsiya
Billboard Music Awards[28] Top rok qoʻshiqchi Nominatsiya
Top rok musiqa Begginʼ Gʻolib
Swiss Music Awards[29] Eng yaxshi xalqaro guruh This is Måneskin Nominatsiya
- Nominatsiya
Žebřík Music Awards[30][31] Eng yaxshi xalqaro kashfiyot Gʻolib
Eng yaxshi alternativ This is Måneskin, Rock for People Hope Gʻolib
MTV Video Music Awards[32] Eng yaxshi yangi qoʻshiqchi This is Måneskin Nominatsiya
Eng yaxshi alternativ I Wanna Be Your Slave Gʻolib
Yil guruhi This is Måneskin Nominatsiya
TIM Music Awards[33] Barcha yutuqlari uchun maxsus mukofot This is Måneskin Gʻolib

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „måneskin“ (da). Den Danske Ordbog. 12-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-yanvar 2019-yil.
  2. „Biografia Måneskin“ (Italian). Rolling Stone. 5-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-oktabr 2018-yil.
  3. Antonella Catena. „I Maneskin i più ascoltati al mondo! Dischi d'oro e concerti già esauriti“ (it). Amica (15-iyun 2021-yil). Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
  4. Scarlett Conlon. „"We Are Just Four Friends Doing What We Love": Eurovision Breakout Star Måneskin's Damiano David Plans On Staying Humble“. Vogue (3-iyun 2021-yil). Qaraldi: 3-iyun 2021-yil.
  5. Sonia Montrella. „Tutto quello che c'è da sapere sui Maneskin“ (it). Agenzia Giornalistica Italia (24-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
  6. Mastrantonio, Luca. „Perché i Måneskin fanno ballare anche le mamme delle fan“ (it). Corriere della Sera (29-mart 2018-yil). Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
  7. 7,0 7,1 Povoledo, Elisabetta. „They Won Eurovision. Can They Conquer the World?“. The New York Times (16-iyun 2021-yil). Qaraldi: 16-iyun 2021-yil.
  8. 8,0 8,1 8,2 Paolo Giordano. „Ehi ragà, seguite voi stessi“ (Italian). Corriere della Sera. La Lettura (31-dekabr 2017-yil). 11-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2018-yil.
  9. „Maneskin“ (Italian). Sky Italia (19-oktabr 2017-yil). 21-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2018-yil.
  10. Alessandra Paolini. „Ciclone Maneskin, il rock è coatto: Semo de Roma“ (Italian). la Repubblica (26-noyabr 2017-yil). 16-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2018-yil.
  11. „Si dice Maneskin, non Moleskine!: origine e significato del nome della band“ (Italian). Sky Italia (12-dekabr 2017-yil). 10-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2018-yil.
  12. Jessica Chia. „Måneskin, gli altri vincitori di X Factor“ (Italian). Corriere della Sera (31-dekabr 2017-yil). 20-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2018-yil.
  13. „I Måneskin a Faenza sul palco del Mei: Suonarono di fronte a non più di 30 persone“ (Italian). Ravenna Today (10-yanvar 2018-yil). 10-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2018-yil.
  14. 14,0 14,1 „Eurovision 2021: qui est Måneskin, le groupe de rock qui a remporté le concours?“ (Italian). Le Figaro (25-may 2021-yil). Qaraldi: 27-may 2021-yil. „Notre groupe est une translation de la musique du passé dans la modernité. Il y a tant de groupes, mais peu qui restent. Comme inspirations esthétiques, nous avons à l'esprit les Rolling Stones, les Doors“.
  15. Scarpone. „Måneskin's "Zitti e buoni" Lyrics are a Manifesto for Those Who Want to Treasure Their Uniqueness“. Wiwibloggs (2-mart 2021-yil). 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2021-yil.
  16. Gianni Sibilla. „Il debutto dei Maneskin sulla lunga distanza: "Il ballo della vita"“ (it). Rockol.it (25-oktabr 2018-yil). 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-may 2021-yil.
  17. „Zitti e buoni: i Maneskin suonano davvero. E fanno sul serio.“ (it). Rockol.it (19-mart 2021-yil). 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2021-yil.
  18. Marshall, Alex. „Italy Wins 2020 Eurovision Song Contest“. The New York Times (22-may 2020-yil). Qaraldi: 22-may 2021-yil.
  19. Mattia Marzi. „Ecco cosa hanno fatto i Maneskin a Londra“ (it). Rockol (30-oktabr 2020-yil). 25-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2021-yil.
  20. „Maneskin: Meet the Eurovision 2021 favourites representing Italy“ (en). The Independent (22-may 2021-yil). Qaraldi: 1-iyun 2021-yil.
  21. „Måneskin: 10 facts about Italy's Eurovision 2021 group“. Wiwibloggs (14-aprel 2021-yil). Qaraldi: 28-may 2021-yil.
  22. Angelica Frey. „Eurovision winners Måneskin: 'Cocaine? Damiano barely drinks beer!'“. The Guardian (10-iyun 2021-yil). Qaraldi: 13-iyun 2021-yil.
  23. „Måneskin, arriva nei cinema un documentario che racconta il primo album della band“ (Italian). Rolling Stone (3-oktabr 2018-yil). 10-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2018-yil.
  24. „Brit Awards 2022: Full list of nominees“ (en-GB). BBC News (18-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2021-yil.
  25. eurofestival. „Måneskin, ancora un trionfo: "Best international new artist" ai Premios Odeón“ (it-IT) (16-mart 2022-yil). Qaraldi: 19-mart 2022-yil.
  26. „2022 iHeartRadio Music Awards: See The Full List of Nominees“ (en). iHeart. Qaraldi: 27-yanvar 2022-yil.
  27. „BandLab NME Awards 2022: Full list of nominations revealed“ (en-GB). NME (27-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 27-yanvar 2022-yil.
  28. Mulroy. „2022 Billboard Music Awards: See a full list of finalists“. Today (8-aprel 2022-yil). 8-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-aprel 2022-yil.
  29. „Resi noti gli artisti nominati agli Swiss Music Awards“ (it). Ticinonline (12-aprel 2022-yil). Qaraldi: 19-aprel 2022-yil.
  30. iReport.cz. „Zahraniční nominační tipy Žebříku (III.): O Skladbu roku bojují Måneskin, Billie Eilish i Adele, o videoklip Iron Maiden nebo Coldplay“ (cs). iREPORT – music&style magazine. Qaraldi: 7-iyul 2022-yil.
  31. „Výsledky – Anketa Žebřík“ (cs). Qaraldi: 7-iyul 2022-yil.
  32. „Your 2022 VMA Nominations Are Here: Jack Harlow, Kendrick Lamar, Lil Nas X Lead The Pack“ (en). MTV. Qaraldi: 28-iyul 2022-yil.
  33. „TIM Music Awards premiati“ (it). All Music Italia. Qaraldi: 11-sentabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]