David Bowie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
David Bowie

Bowie Heathen Tour konsertida, avgust 2002
Umumiy maʼlumot
Tavalludi David Robert Jones
8-yanvar 1947-yil
Vafoti 10-yanvar 2016-yil(2016-01-10)
(69 yoshda)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya
Turmush oʻrtogʻi Angela Bowie va Iman (model)[1]
Janr
Amplua qoʻshiqchi, shoir, aktyor, artist
Faoliyat yillari 1962–2016
Veb-sayt davidbowie.com

David Bowie (talaffuzi: Devid Boui;[2] asl ismi David Robert Jones; 8-yanvar 1947 — 10-yanvar 2016)[3] ingliz qoʻshiqchi, shoir, produser, musiqachi, rassom va aktyor boʻlgan. Bowie qirq yildan oshiq vaqt mobaynida, ayniqsa 1970-yillardagi innovatstion ishlari tufayli pop musiqaning ahamiyatli yulduzlaridan biri boʻlgan. 1970—1980-yillardagi androgin qiyofasi bilan ajralib chiqqan.[4][5]

Bowiening birinchi hit ashulasi, „Space Oddity“, 1969-yil iyulida Birlashgan Qirollik singllar chartida yuqori beshlikka kirdi. Uch yillik tajribalaridan soʻng, 1972-yilda, glem-rok davrida u Ziggy Stardust taxallusli yorqin, androgin alter egosi bilan qayta paydo boʻlib, The Rise and Fall of Ziggy Stardust and the Spiders from Mars albomi va undagi „Starman“ nomli hit qoʻshigʻini havola qildi. Bowiening taʼsiri, uning biografi David Buckley taʼkid etganidek, „zamonasining rock musiqasi negizlarini rad etgan“ va „ommaviy madaniyatda ehtimol eng katta kult yaratgan“.[6] Nisbatan kam yashagan Ziggy shaxsi ijodning kashfiyot, musiqiy yangilik va vizual taqdimot bilan xarakterlangan bir tomoni boʻlib qoldi.

1975-yilda Bowie „plastik soul“ deb atagan „Fame“ ashulasi va Young Americans albomi bilan Amerikada shuhrat qozondi. Bu albom keskin oʻzgargan stili bilan avvaliga britan muxlislarga yoqmadi. Keyin u Brian Eno bilan birgalikda Low elektron musiqali albomini chiqardi. Low (1977), Heroes (1977) va Lodger (1979) — yoki „Berlin trilogiyasi“ albomlari — esa xush qarshilanib, Birlashgan Qirollik musiqa chartlarida yuqori beshtalikka kirdi. 1980-yillarda Bowie „Ashes to Ashes“ hit singli va Scary Monsters (And Super Creeps) albomini chiqardi, shuningdek Queen guruhi bilan „Under Pressure“ (1981) ashulasini chiqardi. 1983-yilda Letʼs Dance bilan tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. 1990—2000-yillarda Bowie musiqa stillari bilan tajriba qilishda davom etdi. 2003—2004-yillardagi Reality Tour gastrolidan keyin faqat 2006-yilda xayriya konsertida jonli ijro qildi. 2016-yil 8-yanvarida, 69 yoshga toʻlgan kuni Blackstar nomli oxirgi albomini chiqardi, ikki kundan keyin saratondan vafot etdi.

David Buckley Bowie haqida shunday yozgan: „Uning taʼsiri ommaviy madaniyatda yagonadir — boshqa har qanday taqqoslanadigan shaxslardan koʻproq hayotlarni yoʻgʻridi va oʻzgartirdi.“[6] BBC 2002-yilda oʻtkazgan Eng buyuk 100 britaniyalik soʻrovida Bowie 29-oʻrinni oldi. Ijodi davomida u 140 million atrofida musiqa yozuvi sotgan.[7] Birlashgan Qirollikda Bowie toʻqqiz platina, oʻn bir oltin va sakkiz kumush, Qoʻshma Shtatlarda esa besh platina va yettita oltin sertifikat olgan. 2004-yilda Rolling Stone jurnali uni „Eng buyuk 100 artist“ roʻyxatida 29-oʻringa qoʻydi. 1996-yilda Bowie Rock and Roll Hall of Fame shuhratlar zaliga qabul qilindi.

2016-yil 10-yanvarida Bowie saraton kasalligan vafot etdi. Bu tashxis unga oʻn sakkiz oy oldin qoʻyilgan edi.[8][9][10][11][12][13]

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyaviy albomlari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. „How to say: Bowie“. BBC (8-yanvar 2008-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2010-yil.
  3. Barnes, Mike „Legendary Artist David Bowie Dies at 69“. The Hollywood Reporter (10-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2016-yil.
  4. „Street Style Before Street Style: David Bowie“. Oyster Magazine (15-sentabr 2012-yil). 2016-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentabr 2014-yil. (Wayback Machine saytida 2016-01-13 sanasida arxivlangan)
  5. Poague, Leland; Parsons, Kathy A.. Susan Sontag: An Annotated Bibliography 1948–1992. Routledge, 2003 — 133 bet. ISBN 9-781-135575359. 
  6. 6,0 6,1 Buckley (2005): pp. 516-17, 524, 529
  7. „Sixty-six facts about David Bowie“. BBC (8-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2016-yil.
  8. „Music legend David Bowie dies“. BBC News. Qaraldi: 11-yanvar 2016-yil.
  9. „David Bowie, the Legendary Musician, Has Died at 69“ (11-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2016-yil.
  10. Music, Guardian „David Bowie dies at the age of 69“. the Guardian. Qaraldi: 11-yanvar 2016-yil.
  11. „David Bowie dies after 18-month battle with cancer“ (11-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2016-yil.
  12. „Дэвид Боуи оламдан ўтди“. 2016-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2016.
  13. „Afsonaviy britaniyalik musiqachi Devid Boui vafot etdi“. 2022-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2016.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]