Luqmonxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Luqmonxon
Лукман ил хаан
Hulokuiylar Sulton
Hukmronligining boshlanishi: 1353
Hukmronligining tugashi: 1388
Oʻtmishdosh: To‘g‘a Temur
Tugʻilgan sanasi: nomaʼlum

Elxon Luqmonxon (Mo‘g‘ulcha; Лукман ил хаан) — En soʻngi Elxoniy hukmdor.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luqmonxon Boʻrchigin sulolasiga mansub boʻlib, Toʻgʻa Temurning oʻgʻli edi[1]. Uning bolalik davri haqida hech narsa maʼlum emas. 1353-yilda otasi oʻldirilgandan keyin Luqmonxon Astrobodda qarorgoh qurgan ukasi Amir valiy bilan davlatni oʻzaro boʻlib olgan. Shu paytdan boshlab Luqmonxonning ukasi Astrobod va Xurosonda Sarbadorlar davlati bilan urushlarni davom ettiradi. Qoʻshnilari bilan uzoq davom etgan urushlar Luqmonxon davlatini zaiflashtirgan. Natijada uning mulklari Xurosonning gʻarbiy chegaralariga qadar qisqarib ketadi. Luqmonxon, 1381 — 1382-yillarda hukmronligini tan olgan Amir Temur askarlari tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi. 1386-yilda Temur Astrabad va Mozandaronni bosib olish orqali Luqmonxon hokimiyatiga butunlay barham bergan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Encyclopædia Iranica, TOḠA TIMUR“. 29 nisan 2011da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 mayıs 2020.