Lovlina Borgohain
| Lovlina Borgohain | |
|---|---|
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi | 1997-yil 2-oktyabr |
| Sport | |
| Qaysi sport | boks |
Lovlina Borgohain (tugʻ. 1997-yil 2-oktyabr) – hindistonlik bokschi, 69 kg va 75 kg gacha toifasida ishtirok etadi, Hindiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori. 2018 va 2019-yilgi Jahon chempionatlari sovrindori, 2017-yilgi Osiyo chempionati sovrindori. Ardjuna Sport mukofoti sovrindori (2020)[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lovlina Borgohain 69 va 75 kg gacha boʻlgan vazn toifalarida mamlakat chempionati gʻolibi. 2017-yilda Xoshiminda (Vietnam) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 69 kg vazn toifasida turnirning bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2018-yilda Hindistonda ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 1/2 final uchrashuvida hindistonlik sportchi tayvanlik Chen Nyansin bilan uchrashib, unga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib, Jahon chempionatidagi chiqishlarini yakunlagan, turnirning bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2019-yilda oktyabr oyida Ulan-udeda boʻlib oʻtgan Olimpiya oldidan Jahon chempionatida hindistonlik sportchi hakamlarning alohida qarori bilan Xitoylik sportchi Yan Lyuga yutqazib, yarim finalni yakunlagan. Natijada ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida u bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili Amman shahrida (Iordaniya) oʻtkazilgan Osiyo olimpiya saralash turnirida Lovlina ikkinchi oʻrinni egallagan, Tokio Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida yarim finalga qadar yetib borgan. Musobaqa davomida Germaniya va Tayvan sportchilari nokautga uchragan. Yarim finalda Busenaz Sürmeneliga imkoniyatni boy berib, oʻyinlarning bronza medalini qoʻlga kiritgan[2].