Kontent qismiga oʻtish

Leopoldo Benites

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leopoldo Benites

Benites 1973-yil
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidenti
Mansab davri
1973-yil – 1974-yil
Avvalgisi Stanisław Trepczyński
Keyingisi Abd al-Aziz Bouteflika
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-oktyabr 1905-yil
Guayaquil, Ekvador
Vafoti 1-yanvar 1996-yil(1996-01-01)
(90 yoshda)
Taʼlim Guayaquil universiteti
Kasbi siyosatchi

Leopoldo Benites (1905-yil, 17-oktabr – 1996-yil, 1-yanvar) — Ekvadorlik diplomat boʻlib, 1973-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 28-prezidenti etib tayinlangan. U 1960-yilning oktabridan buyon Ekvador vakili sifatida faoliyat yuritib kelgan[1].

Hayoti va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Benites, to‘liq ismi Leopoldo Benites Vinueza, 1905-yil 17-oktabrda Ekvadordagi Guayaquil shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi shifokor edi. U Guayaquil universitetida ta’lim olib, ijtimoiy va siyosiy fanlar bo‘yicha ilmiy darajaga erishgan[2][3].

Benites diplomat bo‘lib, Ekvadorning bir nechta mamlakatlardagi elchisi bo‘lib ishlagan. Benites professor sifatida ham faoliyat yuritgan va Urugvaydagi Montevideo universitetida faxriy doktorlik darajasini qo‘lga kiritgan[4]. U jurnalist bo‘lib ishlagan paytda, diktaturaga qarshi ekanligini aytgan. 1930-yillarda sakkiz oy qamoqda o‘tirdi. Qamoqda bo‘lganida bu tajribani u "qiziqarli" deb ta’riflaydi va qamoqdaligida Francisco de Orellananing tarjimai holini yozib tugatdi[5].

Benites 1947-yildan 1952-yilgacha Ekvadorning Urugvaydagi elchisi lavozimida xizmat qilgan. 1954-yilda u Boliviyada ham shu kabi vazifani bajarib, 1956-yilgacha faoliyat yuritgan. 1956-yilda qisqa muddat Ekvadorning Argentinadagi elchisi sifatida ishlagan. 1956-yil oxiridan boshlab 1960-yil avgustigacha yana Urugvaydagi elchi vazifasini bajargan. Shundan so‘ng u Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakil lavozimiga tayinlangan[6].

Benites qisqa hikoyalar va she’rlar, shuningdek, Ekvador qahramoni Eugenio Espejo va Amazon daryosi bo‘ylab sayohat qilgan, Benitesning ona shahriga asos solgan ispan konkistadori Fransisko de Orellana haqida ko'plab tadqiqot ishlarini nashr etdi.

1965-yilda Benites Lotin Amerikasini yadroviy qurollardan xoli qilish bo‘yicha Meksika shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishga Ekvador delegatsiyasiyasiga boshchilik qildi. U yadroviy qurolsizlanish yo‘lidagi faoliyatini davom ettirdi va 1971-yilda yadroviy qurolsizlanishni targ‘ib qiluvchi xalqaro tashkilot „OPANAL“ning birinchi rasmiy bosh kotibi lavozimiga tayinlandi[7]. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining navbatdagi Bosh kotibi bo‘lish uchun kuchli nomzod ekanligi aytilgandan keyingina ushbu lavozimdan voz kechdi.

Benites haqidagi latifada aytilishicha, BMTning osiyolik delegati Benitesga uning nutqi yoqganini, ammo u bergan ovozni yoqtirmaganini aytgan. Benites aytdiki: „Bahslar meniki, ammo ovoz berish mening hukumatim buyrug‘i edi“.

U 1973-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 28-prezidenti bo‘ldi. Bu paytga kelib, Benites BMTda katta tajribaga ega edi – o‘n sakkizta bosh assambleyada qatnashib, shularning o‘n ikkitasida Ekvadorning birinchi darajali vakili sifatida ishtirok etgandi. Prezident sifatida so‘zlagan birinchi nutqida, u Bagama orollari hamda Sharqiy va G'arbiy Germaniyani Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kiritishni uddaladi[8]. Germaniyaning ikki yarmining qabul qilinishi muhim lahza bo‘ldi, chunki BMT fashistlar Germaniyasi tomonidan boshlangan Ikkinchi Jahon urushiga qarshi kurashish tashkil etilgan edi. Bu jarayon BMTga a'zo davlatlarning umumiy sonini 135 taga yetkazdi va o‘sha paytdagi keyingi istiqbolli nomzodlar Shimoliy va Janubiy Koreya edi[9].

Benites 1985-yilda BMTning ta’sirini qanday oshirish mumkinligi haqida maslahat berish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotiga chaqirilgan 11 ta Bosh Assambleya prezidentlaridan biri edi[10].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 20 yoshida Benites Margot Sierra bilan turmush qurdi. Uning Leopold va Robert ismli ikki o‘g‘li bor. Benites 1996-yilda vafot etdi.

  • „Socialist Thought“, 2008-yil[11]
  • „Argonauts of the jungle“, 1992-yil[11]
  • „Ecuador, drama and paradox“, 1986-yil[11]
  • „Francisco Eugenio Espejo, a resident of the night“, 1984-yil[12]
  • „Poems in three stages, 1977-yi“l[11]
  • „The discoverers of the Amazon“, 1976-yil[11]
  • „Ecuador“, 1950-yil[11]
  1. https://www.un.org/en/ga/president/bios/bio28.shtml%7C 28th President of the United Nations General Assembly
  2. Leopoldo Benites (Ecuador), un.org, accessed April 2010
  3. Times, Kathleen Teltsch Special to The New York. „Latin President of U.N. Assembly (Published 1973)“ (en-US). The New York Times (1973-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  4. https://www.un.org/ga/55/president/bio28.htm
  5. Ecuador Diplomat at Assembly Helm, The Milwaukee Journal, September 21, 1973, accessed April 2010
  6. https://www.un.org/en/ga/president/bios/bio28.shtml%7C 28th President of the United Nations General Assembly
  7. SECRETARY GENERALS (Wayback Machine saytida 2011-07-16 sanasida arxivlangan), OPANAL.org, accessed April 2010
  8. „Présidents de l’Assemblée générale“ (fr-FR). Assemblée générale des Nations Unies. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  9. Germanys join UN, Palm Beach Post, accessed April 2010
  10. Germanys join UN, Palm Beach Post, accessed April 2010
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 Open Library, accessed May 2010
  12. Leopoldo Benites Vinueza, orlabs.org, accessed April 2010-yil
Siyosiy idoralar
Oldingisi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidenti
1973-1974-yillar
Keyingisi