Leksikologiya
Leksikologiya (leksika va …logiya) — tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni muayyan bir tilning leksikasini oʻrganuvchi boʻlimi. L. har bir soʻzni yolgʻiz holda emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi. L. tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda soʻz yasalishi haqidagi taʼlimot kabi sohalari bilan chambarchas bogʻliq. L.ning asosiy muammolaridan biri soʻzning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. L.da soʻzlarning maʼno jihatdan oʻzaro bogʻlangan, yaʼni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, soʻz maʼnolarining erkin yoki bogʻliq holda boʻlishi kabi masalalari ham oʻrganiladi. Leksika muayyan bir tizim sifatida koʻrilganda, soʻz maʼnolari va tushunchalarning oʻzaro bogʻliq holda boʻlishi koʻzda tutiladi. L. lugʻat tarkibining amalda ishlatilishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini, soʻzlarning uslubiy jihatdan tasnifiy tamoyillarini ishlab chiqadi. Shuningdek, soʻzlashuv va adabiy tillarda foydalanish meʼyorlarini, professionalizm, dialektizm, arxaizm, neologizm, leksikalashgan soʻz birikmalarini meʼyorlashtirish kabi masalalarni tahlil etadi hamda bular haqida muayyan xulosalar chiqaradi.
Leksikalogiya va morfologiya aynan soʻz oʻrganiladigan maxsus ikki boʻlim hisoblanadi.(Roʻziboyeva Nigora Nurmuhammadovna)
Leksikologiya atama yunoncha 2 soʻzning jamlashuvi natijasida vujudga keladi: „soʻz yoki soʻz uchun“ va- „oʻrganish“. Boshqa maʼnoda „oʻrganish, mulohaza yuritish, tushuntirish, mavzu“ degan maʼnoda ham ishlatilishi mumkin. Etimologiya fan sifatida aslida leksikologiyaning diqqat markazidir. Leksikologiya soʻzlarning maʼnosini va ularning semantik munosabatlarini oʻrganganligi sababli, koʻpincha soʻzning tarixi va rivojlanishini oʻrganadi. Etimologlar qarindosh tillarni qiyosiy usul yordamida tahlil qiladilar, bu tilshunoslarga ajdodlarning fonologik, morfologik, sintaktik va hokazolarni tiklashga imkon beradigan texnikalar toʻplamidir, ularning qarindosh materiallarini taqqoslash orqali zamonaviy tillarning tarkibiy qismlari va kelib chiqishini oʻrganadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tursunov U. va boshqa, Hozirgi oʻzbek adabiy tili, T., 1965;
- Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1-j., T., 1966;
- Mirzayev M.va boshqa, Oʻzbek tili, T., 1970.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |