Neologizmlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neologizmlar (yun. neos — yangi, logos — soʻz) — jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo boʻlgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi soʻzlar. Neologizmlarning yangiligi dastlab paydo boʻlgan vaqtlardagina se-zilib turadi: vaqt oʻtgach, ular "yangilik" xususiyatini yoʻqotib, odatda, faol soʻzlar qatoriga oʻtadi. Masalan, oʻzbek tili uchun bir qancha yil davomida yangi hisoblangan marketing, reyting, tender soʻzlari hozirgi kunda umumisteʼmoldagi soʻzlarga aylanmoq-da. Tildagi umumiy Neologizmlar bilan bir qatorda individualuslubiy yoki okkazional Neologizmlar ham mavjud. Bunday Neologizmlar mualliflar tomonidan maʼlum bir kontekstda uslu-biy talab asosida yaratiladi.

Neologizmlar ilmiy asarlarda shu uslubga xos termin sifatida atash (nominativ) vazifasini bajaradi. Badiiy asarlarda, odatda, uslubiy vazifani bajaradi. Neologizmlarning paydo boʻlish yoʻllari xilma-xil boʻlib, ular tilning mavjud lugʻaviy tarkibi va grammatik qonun-qoidalari asosida yangi soʻz yasash yoʻli, shuningdek, mavjud soʻzning lugʻaviy maʼnolaridan birini yangi maʼnoda qoʻllash yoʻli bilan va boshqa tildan soʻz qabul qilish orqali hosil qilinadi.[1]

Yana qara[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil