Kontent qismiga oʻtish

Arxaizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Arxaizm (grekcha: archaios — qadimgi, koʻxna) — eskirib, isteʼmoldan chiqib qolgan soʻz yoki ibora. Leksik (arkon, mirzo va hokazo), fonetik (ersa, birlan, emdi va hokazo), morfologik (bilur, turur, boʻlgay, burungʻi va hokazo), shuningdek frazeologik, semantik arxaizmlar boʻladi. Arxaizm koʻproq adabiyotda oʻtmish manzarasini aks ettirish, davr ruhini berishda uslubiy vosita sifatida qoʻllanadi.

Arxaizmlarning badiiy adabiyotdagi oʻrni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lugʻatlardagi eskirgan soʻzlar — arxaizmlar va istorizmlardan oddiy soʻzlashuv vaqtida foydalanilmasligi mumkin. Biroq ular tarixiy asarlarda tarixiylik koloritini berish uchun ishlatiladi. Aytaylik, asarda XV asr voqealarini tarvirlayotgan ijodkor albata oʻsha davrda foydalanilgan soʻz va iboralarni oʻz asarida qoʻllaydi. Yaʼni oʻsha davr koloritini yaratish uchun albata ana shu davrdagi narsa-buyumlar, tushunchalar, kiyimlar yoki hodisalar qoʻl keladi. Shunday ekan, eskirgan soʻzlarning ham tilimizdagi oʻrni juda beqiyosdir[1].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. Dilmurod Quronov. „Adabiyotshunoslikka kirish“ (o'zbekcha). n.ziyouz.com. Qaraldi: 16-dekabr 2022-yil. [sayt ishlamaydi]