Lojuvard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Lazuritdan yoʻnaltirildi)

Lojuvard (fors. — moviy), lazurit, lyapis-lazur — mineral. Kimyoviy tarkibi (Na,Ca)g[Al SiOJ6(SO4, C1,S)2. Kub singoniyada kristallanadi. Asosan, toʻq koʻk, binafsha va koʻkimtir-yashil yaxlit, zich tusdagi mayda donador massalar koʻrinishida, baʼzida kristallar holida uchraydi. Qattiqligi 5,5—6,0. Zichligi 2,3—2,4 g/sm³. Yaltirokligi shishasimon. Xlorid kislotada parchalanadi. Kontakt metamorfli ohaktoshlarda ishqorli va kamroq otilib chiqqan nordon togʻ jinslari va ularning pegmatitlariga yaqin joylarda vujudga keladi. Koʻp hollarda flogopit, gumit va forsterit bilan birga uchraydi.

Eng yirik konlari Afgʻoniston (Badaxshon), Tojikiston va Rossiyada (Baykal boʻyida). Qimmatbaho bezak tosh sifatida ishlatiladi, undan moviy rangdagi badiiy boʻyoqlar ham olinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil