Kontakt metamorfizmi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kontakt metamorfizmi - togʻ jinslarining unga singib oʻrnashgan intruziv magmatik jismlar taʼsirida oʻzgarishi. Meʼyoriy (kontaktli) va kontakt-metasomatik metamorfizmi farq qilinadi. Birinchi holatda togʻ jinslarining tarkibi deyarli oʻzgarmaydi, ikkinchisida esa jinslar tarkibi butkul oʻzgaradi. Kontakt metamorfizmiga choʻkindi jinslar ham, magmatik jinslar ham uchrashi mumkin. Kontakt metamorfizmining harakterli minerallari: andaluzit, kordiyerit, brusit, tremolit-aktinolit, diopsid, grossulyar, shpinel, vollastonit, rogovaya obmanka (shox aldamchisi), piroksin, granat va boshqa Baʼzida gipabissal introʻziyalarga bogʻliq ravishda montichellit, larnit, sperrit kabi noyob minerallar ham vujudga keladi. Oʻzbekistonda skarnlar bilan yoki ular yaqinida Qoʻytosh, Qizilqumda Kontakt metamorfizmi zonalari mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil