Flogopit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Flogopit (yun. phlogopos — olov rangli, qizgʻish) — varaqsimon silikatlar sinfiga mansub mineral, biotit — F. izomorf katoridagi magnezial kam temirli slyuda (Mg/Fe>2). Kimyoviy tarkibi K(Mg, Fe)3[AlSi3Ol0] (ON, F)2; aralashma holida Na2O (8% gacha), TiO2 (9% gacha), MnO (18% gacha — manganofillit), shuningdek, Rb, Cs, Va va boshqa boʻladi. Monoklin singoniyada kristallanadi. Agregatlari varaqsimon, plastinkasimon, tangasimon. Temirsiz F. rangeiz, temirlisi koʻk, qizgishqoʻngʻir. Qattikligi 2— 2,5; zichligi 2,8—3,0 g/sm3. Metamorfik jinslarning keng tarqalgan minerali, nurash jarayenida vermikulitga aylanadi. Pnevmatolitlar va kontakt metasomatik togʻ jinslarida, kristalli slanetslarda, ohaktosh va dolomitlarda uchraydi. Sanoat ahamiyatidagi konlari magnezial jinslar bilan alyuminiykremnezemli jinslar kontaktida metasomatoz jarayenida hosil boʻladi. F. — elektroizolyatsion material, u sunʼiy yoʻl bilan ham olinadi. F.dan elektrotexnikada elektroizolyatsion qistirmalar tayyorlash, sanoat pechlarining koʻrish oynalarini yasash, elektron asboblar detallarini tayyorlashda va rezina sanoatida toʻldirgich sifatida foydalaniladi. Konlari Sibir, Kanada sharqi, Madagaskar o., Kola yarim orol, Braziliya va AQShda mavjud. Oʻzbekistonda Qurama, Chatqol, Kuljuktogʻ togʻlarida uchraydi.