Lazizbek Mullajonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lazizbek Hasanjon o‘g‘li Mullajonov
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport Boks
Tavallud yeri Fargʻona, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston
Sport mukofotlari
Harbiy xizmatchilar o‘rtasida jahon chempionati
Oltin Moskva 2021 92kg dan yuqori

Lazizbek Hasanjon o‘g‘li Mullajonov ( 1999-yil, Fargʻona, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston ) — o‘zbekistonlik havaskor-bokschi, birinchi og‘ir va superog‘ir vazn toifalarida ishtirok etadi. Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, harbiy xizmatchilar o‘rtasida jahon chempioni (2021), havaskorlar o‘rtasidagi xalqaro va milliy turnirlarining ko‘p karra g‘olibi va sovrindori.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lazizbek Mullajonov 1999-yilda O‘zbekistonning Farg‘ona shahrida dunyoga keladi.

Havaskorlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil sentabr oyining oxirida Xalqaro harbiy sport kengashi egidligi ostida Moskvadagi (Rossiya) harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi boks bo‘yicha 58-jahon chempionatida finalda tajribali rossiyalik Svyatoslav Teterinni hakamlarning chiqargan qarori bilan mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni bo‘ladi[1][2].

2021-yil oktabr oyi oxirida —noyabr oyining boshida Belgradda (Serbiya) 92 kg dan yuqori vazn toifasida jahon chempionatida ishtirok etdi. 1/16 finalda tajribali eronlik Puria Amirini[3], 1/8 finalda angliyalik Delicious Orini [4] ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan bo‘lsa, chorak finalda armanlik David Chaloyanga raqobat jangida ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘ladi[5]. Natijada u ushbu jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ladi.

2022-yil fevral oyida u Rossiyaning nufuzli “Stranja“ xalqaro turnirida 92 kg dan yuqori vazn toifasida chempion bo‘ladi[6], Sofiyadagi (Bolgariya) musobaqada u chorak finalda rossiyalik bokschi Yaroslav Doronichevni hakamlarning bir ovozli qarori bilan yutadi[7] so‘ngra yarim finalda qozog‘istonlik Nurlan Saparboyni[8] finalda esa tajribali germaniyalik bokschi Nelvi Tiafakni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etadi[9].

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 29-yanvar kuni Moskvadagi (Rossiya) professional debyut ringga ko‘tarilib, muddatidan avval 2-raundda texnik nokautga uchratib, rossiyalik Aleksandr Stepanov (2:2) ustidan g‘alaba qozonadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Узбекистан выиграл три финала Чемпионата мира среди военнослужащих“ (rus). Yuz.uz (26-sentabr 2021-yil). 1-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  2. „Finals (+91kg) TETERIN Svetoslav (RUS) vs MULLOJONOV Lazizbek (UZB) — CISM 58th World“ (rus). YouTube.. 1-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  3. „Чемпионат мира по боксу 2021: результаты 28 октября“ (rus). vRINGe.com (29-oktabr 2021-yil). 3-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  4. „Чемпионат мира по боксу 2021. Результаты 31 октября, дневная сессия“ (rus). vRINGe.com (31-oktabr 2021-yil). 4-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  5. „Чемпионат мира по боксу 2021. Результаты 2 ноября, четвертьфиналы, дневная сессия“ (rus). vRINGe.com (2-noyabr 2021-yil). 4-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  6. „73rd Boxing Tournament STRANDJA 2022“ (rus). Strandja2022.bgboxing.org. 1-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.
  7. „Четвёртый день «Странджа»: ещё 12 россиян прошли в следующий этап“ (rus). Сайт «Федерации бокса России». (24-fevral 2022-yil). Qaraldi: 1-mart 2022-yil.
  8. „73rd Boxing Tournament STRANDJA 2022. Session 23 A“ (rus). Strandja2022.bgboxing.org. 1-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.
  9. „Новости с Международного турнира по боксу «Странджа» в Болгарии“ (rus). Olympicboxing.uz. 1-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-mart 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]