Kontent qismiga oʻtish

Kuzma Lapkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kuzma Lapkin
Tavalludi 31-oktyabr 1904-yil
Vafoti 19-iyul 1989-yil(1989-07-19)
(84 yoshda)
Toshkent, OʻzSSR
Istiqomat joylari Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Iqtisodiyot
Ish joylari Butunittifoq qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi (VASXNIL)
Taʼlimi Oʻrta Osiyo Davlat universiteti
Mashhur ishlari Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi boʻyicha iqtisodchi
Mukofotlari

Lapkin Kuzma Ivanovich (1904.31.10, hozirgi Ukraina, Xerson viloyati Genichesk shahri – 1989.19.7, Toshkent) – iqtisodchi olim, Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi akademik (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), professor (1968). Oʻrta Osiyo universitetining iqtisodiyot fakultetini tugatgan (1930). 1930—1937 yillarda Oʻrta Osiyo davlat plan komiteti (Sredazgosplan) Iqtisodiy tadqiqotlar institutida ilmiy xodim, Planlashtirish institutida oʻqituvchi. 1937—1954 yillarda qatagʻonga uchragan. Oʻzbekiston chorvachilik instituti (1954—1957), Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti instituti (1957—1972) da boʻlim mudiri. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashida sektor mudiri, rais oʻrinbosari (1972—1979), Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1981—1987), akademiya Prezidenti maslahatchisi (1987-yildan). Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligini rejalashtirish va boshqarish, kolxozni ixtisoslashtirishning nazariy asoslari, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning istiqbollarini prognozlash masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1975)[1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930—yilda Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning iqtisod fakultetini tamomlagan.

1930—1934-yillarda – V.Kuybishev nomidagi Toshkent rejalashtirish instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) falsafa kafedrasi dotsenti.

1934—1937-yillarda – Oʻrta Osiyo davlat universiteti kafedrasi dotsenti.

1937—yilda qatagʻon qilingan va 1954-yilgacha sovet lagerlarida boʻlgan[2].

Qamoqdan soʻng Toshkentga qaytib, Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti iqtisodiyot boʻlimi mudiri lavozimida ishladi. 1957-yilda Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutida kafedra mudiri, keyin direktor oʻrinbosari, 1959-yildan Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

1962—1972-yillarda institutda boʻlim mudiri, 1972-yildan Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi sektor mudiri boʻlib ishlagan.

1965-yildan – Toshkent xalq xoʻjaligi instituti qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi mudiri[3].

Kuzma Lapkin Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

K. I. Lapkin Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchi kuchlarini, birinchi navbatda, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish muammolari boʻyicha tadqiqotlarga alohida eʼtibor berdi. Tabiiy va mehnat resurslaridan foydalanish prognozi bilan uzoq muddatli istiqbolga Oʻzbekiston SSR Ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishning ilmiy asoslarini tayyorlash boʻyicha ishlarga yetakchilardan biri boʻlgan.

Bir necha yillar davomida Oʻzbekistonning ayrim viloyatlarining sugʻoriladigan va lalmi zonalarini, respublikaning turli viloyatlari va Qoraqalpoq’iston ASSR qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotini oʻrganish boʻyicha ilmiy ekspeditsiyalarga (1931, 1932, 1954-1957, 1962, 1964, 1968—1969) rahbarlik qilgan.

Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotiga bagʻishlangan xalqaro va umumittifoq simpoziumlari, yigʻilishlari va ilmiy sessiyalarida ishtirok etgan.

Tanlangan ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

60 dan ortiq ilmiy ishlar va nashrlar, jumladan, kitoblar muallifi:

  • Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining joylashishi va ixtisoslashuvi (1966);
  • 1971—1975-yillarda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirish istiqbollarini asoslash (1968);
  • Sibir daryolari oqimining bir qismini Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga oʻtkazishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari. Tahrirayat „Fan“ OʻzSSR, 1979;
  • Oʻzbekistonda mintaqaviy ekologik boshqaruv muammolari, 1984;
  • Paxta mojizaviy oʻsimlik (hammualliflik 1985);
  • Hozirgi bosqichda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishning asosiy yoʻnalishlari (hammuallif 1986);

„Oʻzbekiston SSR Xorazm viloyati qishloq xoʻjaligi tizimi“ (1959), „Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligi tizimi“ (1959) va boshqa jamoaviy asarlarida bob va boʻlimlar yozgan.

Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotiga oid bir qator asarlarning ilmiy muharriri.

Pedagogik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U koʻplab iqtidorli shogirdlarni tarbiyalagan. K. I. Lapkin rahbarligida 30 dan ortiq kishi nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

  • Teoreticheskiye osnovi razmesheniya i spetsializatsiya selskogo xozyaystva, T., 1964.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. [world.lib.ru/a/abrol_k/lapkink.shtml Ne vsex nado schitat geroyami, kto v lageryax Gulaga sidel.]
  3. Kuzma Ivanovich Lapkin–razrabotchik nauchnix osnov razvitiya proizvoditelnix sil Uzbekistana. „Rossiyane v Uzbekistane“ / Avtor – sostavitel: Kosteskiy V. A. / Tashkent, 2007 str. 210