Kontent qismiga oʻtish

Kumayl ibn Ziyod maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kumayl ibn Ziyod maqbarasi (arabcha:ضريح كميل بن زياد) – toʻrtinchi roshidun xalifasi Ali ibn Abu Tolibning hamrohi Kumayl ibn Ziyod an-Naxaiyga atab qurilgan ziyoratgoh. U Iroqning Najaf va Kufa shaharlarida, Al-Hanna masjidiga tutash hududda joylashgan[1][2].

1950-yillardagi asl ziyoratgoh binosi.

Kumayl ibn Ziyod Al-Hajjoj ibn Yusuf tomonidan oʻldirilganidan keyin bu yerda dafn etilgan va qabri ustiga ziyoratgoh qurilgan. Ziyoratgoh 1950-yilda Imom Ali ziyoratgohi vasiysi shayx Ali al-Bagʻdodiy tomonidan qurilgan[3]. Keyinchalik bu joy 1970-yillarda kengaytirilgan. Ziyoratgoh ustidagi gumbaz 2000-yilda savdogar hoji Abdul-Husayn as-Saraf ziyoratgohni restavratsiya qilishni moliyalashtirgan vaqtida almashtirilgan[3]. Keyin 2007-yilda Najaf hukumati ziyoratgohni kengaytirish va taʼmirlash uchun mablagʻ ajratgan. 2009-yilda ziyoratgoh hovlisi rekonstruksiya qilingan, drenaj tizimlari ham taʼmirlangan[3].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyoratgoh zamonaviy inshoot boʻlib, asl binosining qurilishi 1950-yilga borib taqaladi. Ziyoratgoh gumbazi koshinlar bilan qoplangan boʻlib, ustiga 12 imomning ismlari bitilgan[4]. Kumayl qabri gumbaz ostida joylashgan boʻlib, ziyoratgohda Kumayldan tashqari Ali ibn Abu Tolibga ergashgan boshqa sahobalarining qabri ham bor. Ziyoratgohning pol va devorlari italyan alabastri bilan qoplangan[5].

  1. Staff writer. „Iraq“. Al-Islam.
  2. Hann, Geoff. Iraq: The ancient sites & Iraqi Kurdistan. Bradt Travel Guides, 2015. ISBN 978-1841624884. 
  3. 3,0 3,1 3,2 „مرقد الصحابي كميل بن زياد - العتبة العلوية المقدسة“ (2017-yil 16-dekabr). 2017-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  4. „العتبة العلوية المقدسة - مراقد مقدسة -“ (2017-yil 16-dekabr). 2017-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  5. „مرقد الصحابي كميل بن زياد - العتبة العلوية المقدسة“ (2017-yil 16-dekabr). 2017-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.