Kulon doimiysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
k qiymati Birliklar
8.9875517923(14)×109 N · m 2 / C 2
14.3996 eV · Å · e -2
10 −7 (N · s 2 / C 2) c 2

Kulon doimiysi, elektr kuch doimiysi yoki elektrostatik doimiy boʻlib, (ke, k yoki K bilan belgilanadi) elektrostatik tenglamalarda proportsionallik doimiysi hisoblanadi. SI asosiy birliklar sistemasida u 8.9875517923(14)×109 kg⋅m3⋅s−4⋅A−2 ga teng[1]. U Kulon qonunini kiritgan fransuz fizigi Sharl-Augustin de Kulon (1736-1806) sharafiga nomlangan[2][3].

Doimiyning qiymati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kulon doimiysi Kulon qonunida proportsionallik koeffitsienti,

bu yerda êr birlik vektor boʻlib,r -yo‘nalishda yoʻnaladi [4]. SI sistemasida u:

qiymatga teng. Bu yerda vakuumning elektr singdiruvchanligi hisoblanadi. Bu formulani Gauss qonunidan olish mumkin,


Bu integralni radiusi r boʻlgan, markazlashtirilgan nuqtaviy zaryadga ega boʻlgan shar uchun oladigan boʻlsak, elektr maydoni radial ravishda tashqariga yoʻnalgan va sferadagi barcha nuqtalar uchun doimiy kattalikka ega boʻlgan differensial sirt elementi uchun normal boʻladi.

Shuni taʼkidlash kerakki nuqtaviy zaryad uchun, E = F/q

Kulon qonuni teskari kvadrat qonunilardin biri hisoblanadi. Shuning uchun gravitatsiya kuchidan tortib yorugʻlikning kamayishigacha boʻlgan boshqa koʻplab ilmiy qonunlarga oʻxshaydi. Bu qonun belgilangan fizik miqdor masofaning kvadratiga teskari proportsional ekanligini bildiradi.

Baʼzi zamonaviy birliklar sistemalarida Kulon doimiysi ke aniq raqamli qiymatga ega; Gauss birliklarida ke = 1, Lorentz-Heaviside birliklarida (shuningdek, ratsionalizatsiya deb ataladi) ke = 1/

Bu avval SIda vakuum oʻtkazuvchanligi μ0=4π*10-7H/m sifatida aniqlanganda toʻgʻri edi. c=299792458 m/s vakuumdagi yorugʻlik tezligi bilan birgalikda vakuumning elektr singdiruvchanligi oʻtkazuvchanligi ε0=1/μ0c2sifatida yozish mumkin. Shunday qilib k ning aniq qiymatini hisoblash mumkin.

SI asosiy birliklari qayta taʼriflangandan beri[5] Kulon doimiysi endi aniq aniqlanmagan va CODATA 2018-yilda tavsiya etilgan qiymatlardan[6] foydalanib qayta hisoblangan

Hozirda k konstantasi oʻlchash xatoligiga ega.

Foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kulon doimiysi koʻplab elektr tenglamalarida qoʻllaniladi. Baʼzi hollarda uni vakuumning elektr singdiruvchanligikonstantasiga quyidagicha bogʻlangan holda ham ishlatiladi:

Kulon doimiysi quyidagi va boshqa formulalarda uchraydi:

Kulon qonuni
Elektr potensial energiyasi
Elektr maydoni

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Derived from ke = 1/(4πε0) — „2018 CODATA Value: vacuum electric permittivity“. The NIST Reference on Constants, Units, and Uncertainty. NIST (2019-yil 20-may). Qaraldi: 2019-yil 20-may.
  2. Britannica, The Editors of Encyclopaedia. „Coulomb“. Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2021-yil 3-mart.
  3. Britannica, The Editors of Encyclopaedia. „Charles-Augustin de Coulomb“. Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2021-yil 3-mart.
  4. Tomilin, K. (1999). "Fine-structure constant and dimension analysis". European Journal of Physics 20 (5): L39–L40. doi:10.1088/0143-0807/20/5/404. 
  5. BIPM statement: Information for users about the proposed revision of the SI (PDF), 2018-01-21da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2022-07-29
  6. Derived from ke = 1/(4πε0) — „2018 CODATA Value: vacuum electric permittivity“. The NIST Reference on Constants, Units, and Uncertainty. NIST (2019-yil 20-may). Qaraldi: 2019-yil 20-may.