Kulon Sharl Ogyusten
Kulon Sharl Ogyusten | |
---|---|
![]() | |
Tugʻilishi | 14-iyun 1736[1] |
Vafoti | 23-avgust 1806[1] |
Fuqaroligi | Fransiya |
Kulon (Coulomb) Sharl Ogyusten (fransuzcha: Charles-Augustin de Coulomb; 1736.14.6, Angulem - 1806.23.8, Parij) — fransuz fizigi va harbiy muhandisi. Fransiya Akademiyasi aʼzosi (1781-yildan). Elektrostatika asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari elektr, magnetizm va texnik mexani-kaga oid. Oʻzi topgan buralish qonunlariga asosan kuch oʻlchash asbobi — bu-ralma tarozini yasagan (1784). Buta-rozidan foydalanib, Kulon bir ishorali va har xil isho-rali nuqtaviy elektr zaryadlarning oʻzaro taʼsi-rini batafsil tekshirgan. Bu tajri-balari asosida elektrostatikaning asosiy qonuni — Kulon qonuninn kashf etgan (1785). Oʻzining 1785—89 yillarda eʼlon qilgan ishlarida elektr zaryadlar hamisha oʻtkazgich sirtida joyla-shishini koʻrsatgan. Magnit momenti, zaryadlarning qutblanishi va boshqa iboralarni fanga kiritgan.
Uning eksperimental ishlari elektromagnit hodisalar nazariyasining yaratilishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.[2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |