Krestoviy dovoni
Qiyofa

Krestoviy dovoni, Gudauri dovoni (gruzincha: ჯვრის უღელტეხილი) — Katta Kavkazning Suvayirgʻich tizmasi orqali Terek daryosi vodiysidan Aragvi daryosi vodiysiga oʻtiladigan dovon. Balandligi 2379 m. Krestoviy dovoni orqali Gruziya harbiy yoʻli (Vladikavkaz — Tbilisi) oʻtadi. Nomini, dovondan oshish nuqtasini belgilash uchun 1824-yilda oʻrnatilgan tosh butdan olgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |