Kontent qismiga oʻtish

Kontakt dermatit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontakt dermatit
Kontakt dermatitdagi toshmalar
Mutaxassislik Dermatologiya
Turlari oddiy va allergik
Sabablari Turli ta'sirlovchi moddalar, allergenlar
Tashxis usullari yamoq testi
Differensial tashxis atopik dermatit, neyrodermit, eshakyemi
Davolash qo'zg'atuvchi bilan kontaktni yo'qotish, mahalliy kortikosteroid malhamlar, antigistaminlar

Kontakt dermatit — bu kimyoviy yoki fizik vositalar taʼsirida yuzaga keladigan terining oʻtkir yoki surunkali yalligʻlanishi[1]. Kontakt dermatitning belgilari qichishish, teri quruqligi, qizil toshma, shishlar, pufakchalar yoki shishni oʻz ichiga oladi. Bu toshmalar yuqumli yoki hayot uchun xavfli emas, lekin juda noqulay boʻlishi mumkin.

Kontakt dermatit allergenlar (allergik kontakt dermatit) yoki taʼsirlovchilar (irritant kontakt dermatit) natijasida yuzaga keladi. Allergik kontakt dermatit yuqori sezuvchanlikning kechiktirilgan turini va allergen bilan avvalgi taʼsirlashishni oʻz ichiga oladi[2]. Irritant kontakt dermatit eng keng tarqalgan turi boʻlib, barcha holatlarning 80% ni tashkil qiladi[1]. B u turdagi dermatit irritant moddalarning uzoq vaqt taʼsiri natijasida yuzaga keladi, bu terining epidermal hujayralarining bevosita shikastlanishiga olib keladi, bu immunitet reaksiyasini faollashtirib, natijada yalligʻlanishli teri reaksiyasi paydo boʻladi[1]. Fototoksik dermatit allergen yoki irritant dermatitning quyosh nuri taʼsirida faollashishi natijasida paydo boʻladi. Allergik kontakt dermatitning diagnostikasiga koʻpincha yamoq testi qoʻshimcha qilinishi mumkin[3].

Epidemiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kontakt dermatit barcha kasbiy teri kasalliklarining 95% ni tashkil qiladi[4]. Kontakt dermatitning tarqalishi boʻyicha bir nechta aniq statistik maʼlumotlar mavjud[5]. Kontak dermatitning tarqalishi boʻyicha oʻtkazilgan bir nechta tadqiqotlar natijalarini metodologik farqlar tufayli taqqoslab boʻlmaydi[5][6].

Belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kontakt dermatit — begona moddalar bilan aloqa qilish natijasida yuzaga keladigan mahalliy toshma yoki terining taʼsirlanishi. Kontakt dermatitda terining faqat yuzaki qismlari zararlanadi. Taʼsirlangan toʻqimalarning yalligʻlanishi epidermisda (terining eng tashqi qatlami) va dermisning tashqi qavatida (epidermis ostidagi qatlam) kuzatiladi[7].

Kontakt dermatit natijasida katta va qichishadigan toshmalar paydo boʻladi. Ularning davolanishi bir necha kundan bir necha haftagacha davom etishi mumkin. Bu uni kontaktli eshakyemidan ajratib turadi (kontaktli eshakyemida toshma taʼsir qilgandan keyin bir necha daqiqada paydo boʻladi va keyin bir necha daqiqadan bir necha soatgacha yoʻqoladi). Agar teri allergen yoki tirnash xususiyati beruvchi modda bilan aloqa qilinmasa, kontakt dermatit bir necha kun ichida yoʻqoladi[8]. Agar taʼsirlovchi vositani olib tashlash kutilgan yengillikni bermasa, surunkali kontakt dermatit rivojlanishi mumkin.

Irritant dermatit odatda taʼsirlovchi moddaning teriga teggan joyi bilan chegaralanadi, allergik dermatit esa terida kengroq tarqalishi mumkin. Irritant dermatit odatda qoʻllarda, terining ochiq joylarida uchraydi. Ikkala shaklning belgilari quyidagilardan iborat:

  • Qizil toshma: Bu odatiy reaksiya. Toshmalar irritant kontakt dermatitda darhol paydo boʻladi; allergik kontakt dermatitda toshma baʼzan allergen taʼsiridan keyin 24-72 soatgacha paydo boʻlmaydi.
  • Pufakchalar yoki pufaklar: pufakchalar, shishlar va qavarchiq (boʻrtma) koʻpincha allergen yoki taʼsirlovchi modda teriga bevosita taʼsir koʻrsatganda hosil boʻladi.
  • Teri qichishishi: irritant kontakt dermatit qichishishdan koʻra koʻproq ogʻriqli boʻladi, allergik kontakt dermatit koʻpincha qichishadi.
  • Terining tashqi koʻrinishi: irritant kontakt dermatitda teri quruq va yoriqli, allergik kontakt dermatitda esa pufakchalar va pufaklar kuzatiladi[9].
  • Lixenifikatsiyalangan shikastlanishlar[1]

Kontakt dermatitning har qanday shakli tananing har qanday qismiga taʼsir qilishi mumkin, irritant kontakt dermatit koʻpincha taʼsirlovchi bilan bevosita aloqada boʻladigan qoʻllarni shikastlaydi.

Sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Allergik kontakt dermatitning keng tarqalgan sabablari: nikel allergiyasi, 14K yoki 18K oltin, Peru balzami (Myroxylon pereirae) va xrom. Amerikada ular toxicodendron oilasi oʻsimliklarining yogʻli qoplamasini oʻz ichiga oladi: zaharli pechak, zaharli eman va zaharli sumak . Birgina Shimoliy Amerikada har yili millionlab allergik dermatit holatlari roʻy beradi[10]. Grevillea banksii va <i id="mwXQ">Grevillea</i> 'Robyn Gordonʼ tarkibidagi alkil rezorsinollar kontakt dermatitni keltirib chiqaradi[11]. Ginkgo biloba mevalarida topilgan boshqa alkil rezorsinol Bilobol ham terini taʼsirlovchi modda hisoblanadi[12].

Irritant kontakt dermatitning keng tarqalgan sabablariga erituvchilar, metallga ishlov beradigan suyuqliklar, lateks, kerosin, etilen oksidi, qogʻoz, ayniqsa kimyoviy moddalar va bosma siyohlar bilan qoplangan qogʻozlar, baʼzi oziq-ovqat va ichimliklar[13], oziq-ovqat aromatlari va ziravorlar[14], parfyumeriya[13], topikal dori-darmonlar va kosmetika vositalaridagi sirt faol moddalar, ishqorlar, konditsionerning past namligi va koʻplab oʻsimliklar kiradi. Achchiq ishqorli sovun, yuvish vositalari va tozalovchi vositalar irritant kontakt dermatitning boshqa keng tarqalgan sabablari hisoblanadi[15].

Kontakt dermatitning uch turi mavjud: irritant kontakt dermatit; allergik kontakt dermatit; va fotokontakt dermatit. Fotokontakt dermatit ikki toifaga boʻlinadi: fototoksik va fotoallergik.

Irritant kontakt dermatit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼsilovchining epidermal keratinotsitlarga bevosita sitotoksik taʼsiri irritant kontakt dermatitni keltirib chiqaradi[1]. Bu teri butunligini buzadi va tugʻma immunitet tizimini faollashtiradi. Bu kasallikning patogenezida rol oʻynaydigan genetik va atrof-muhit elementlari orasidagi murakkab reaksiya bilan bogʻliq[1]. Buni kasbiy va kasbiy boʻlmagan muhitda koʻrish mumkin, ammo u past namlik sharoitida ishlaydigan kasb egalarida koʻproq uchraydi[1].

Nam, singdirilgan yogʻoch qurilish qoldiqlari bilan himoyalanmagan holda ishlash natijasida yuzaga kelgan kontakt dermatit .

Irritant kontakt dermatitda taʼsirlovchilar kimyoviy va fizik shakllarga boʻlinishi mumkin. Umumiy kimyoviy taʼsirlovchi moddalarga quyidagilar kiradi: erituvchilar (alkogol, ksilen, turpentin, esterlar, aseton, ketonlar va boshqalar); metallga ishlov berish suyuqliklari (toza yogʻlar, sirt faol moddalar bilan suvga asoslangan metallga ishlov berish suyuqliklari); lateks; kerosin; etilen oksidi; topikal dorilar va kosmetikadagi sirt faol moddalar (natriy lauril sulfat); va ishqorlar (drenaj tozalash vositalari, sovun).

Fizik taʼsirlovchi kontakt dermatit koʻpincha konditsionerdan past namlik tufayli yuzaga kelishi mumkin[16]. Bundan tashqari, koʻplab oʻsimliklar terini bevosita taʼsirlaydi.

Allergik kontakt dermatit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kontakt dermatit bilan ogʻrigan 3 yoshli qiz, zaharli pechak bilan aloqa qilganidan bir kun oʻtgach

Allergik kontakt dermatit odamlarda uchraydigan immunotoksiklikning eng keng tarqalgan shakli sifatida qabul qilinadi va keng tarqalgan kasbiy va atrof-muhit salomatligi muammosidir[17]. Allergik tabiatiga koʻra, kontakt dermatitning bu shakli aholi ichida atipik boʻlgan yuqori sezuvchanlik reaksiyasidir. Kasallikning rivojlanishi ikki bosqichda sodir boʻladi, yaʼni induksiya va elikatsiya[17]. Teri sensibilizatsiyasi sezgir subyektga kerakli teri immunitetini yaratish uchun yetarli konsentratsiyadagi allergen taʼsirida boshlanadi. Bu sensibilizatsiyani keltirib chiqaradi va keyinchalik terining avval taʼsir qilingan yoki boshqa sohasida allergen taʼsiri natijasida ikkilamchi immunitet reaksiyasi yuzaga keladi[17]. Ushbu reaksiyaning mexanizmlari murakkab, koʻp darajadagi nozik nazoratga ega. Ularning immunologiyasi immunoregulyatsion sitokinlar va T limfotsitlarining diskret subpopulyatsiyalarining oʻzaro taʼsiriga bogʻliq.

Allergenlarga nikel, oltin, Peru balzami (Myroxylon pereirae), xrom va zaharli pechak, zaharli eman va zaharli sumak kabi toksikodendron oilasi oʻsimliklarining yogʻli qoplamasi kiradi. Akrilatlar, kauchuk kimyoviy moddalar, emulsifikatorlar va boʻyoqlar, epoksi qatronlar kimyoviy moddalari allergik kontakt dermatitni qoʻzgʻatishi mumkin boʻlgan bir nechta moddalar jumlasidandir[17]. Allergik kontakt dermatit aksariyat hollarda kasbiy taʼsirlar natijasida yuzaga keladi. Dori-darmonlar, kiyim-kechak, kosmetika va oʻsimliklardagi allergenlarning kasbiy boʻlmagan taʼsiri ham allergik kontakt dermatitning sabablari ichida muhim oʻrin tutadi[17].

Fotokontakt dermatit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotokontakt dermatit ikkita toifaga boʻlinadi, fototoksik va fotoallergik[18]. Fotokontakt dermatit ekzematoz holat boʻlib, teridagi zararsiz yoki kam zararli moddalar va ultrabinafsha nurlar (320-400nm UVA) oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir natijasida paydo boʻladi (ESCD 2006), shuning uchun dermatitning bu turi faqat zararlangan odam bunday nurlarga duch kelgan hududlarda oʻzini namoyon qiladi[19].


Diagnostikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yamoq sinovi

Kontakt dermatit reaksiyani boshlash uchun taʼsirlovchi yoki allergenga tayanganligi sababli, bemor uchun qoʻzgʻatuvchi agentni aniqlash va undan qochish kerak. Bunga odatda allergiya testi deb nomlanuvchi turli usullardan biri boʻlgan yamoq testlarini oʻtkazish orqali erishish mumkin[20]. Yamoq testlari allergenlarning teriga taʼsiri va bu sohada kontakt dermatit rivojlanishini tekshirish boʻlgan IV turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyasi konsepsiyasiga asoslangan. Ushbu test terining bir qismiga shubhali taʼsirlovchi vositani qoʻllashni va uni oʻtkazmaydigan material bilan qoplashni va yopishqoq gips yordamida teriga yopishtirishni oʻz ichiga oladi[21]. 2005-yildan 2006-yilgacha boʻlgan yamoq testlarida topilgan eng koʻp uchraydigan uchta allergen: nikel sulfat (19,0%), Myroxylon pereirae (Peru balzami, 11,9%) va xushboʻylashtiruvchi aralashma I (odorant 11,5%)[22].

Bemor uni oldini olish uchun taʼsirlovchi yoki allergen qayerda uchrashini aniqlashi kerak. Shuni ham taʼkidlash kerakki, kimyoviy moddalar baʼzan bir nechta turli nomlarga ega va bu nomlar har doim ham yorliqlarda koʻrinmaydi.

Kontakt dermatitning har xil turlari oʻrtasidagi farq bir qator omillarga asoslanadi. Toʻqimalarning morfologiyasi, gistologiyasi va immunologik maʼlumotlari kasallikning shaklini tashxislashda qoʻllaniladi. Biroq, kontakt dermatitning turli shakllarini farqlashda biroz chalkashliklar mavjud[23]. Diagnostikada faqat gistologiyadan foydalanish yetarli emas, chunki dermatitning barcha tutlarida gistologik natijalar bir-biridan farq qilmasligi aniqlangan[23] va hatto ijobiy yamoq testi ham dermatitning immunologik shakli borligini tasdiqlash bilan birga irritant shaklini ham istisno qilmaydi.

Oldini olish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanoat sharoitida ish beruvchi oʻz ishchisiga zararli taʼsirlovchi moddalar taʼsirini yumshatish uchun kerakli xavfsizlik uskunalarini taʼminlashga majburdir. Bu ish muhitiga qarab himoya kiyimi, qoʻlqop yoki qoplovchi kremi shaklida boʻlishi mumkin. Taʼsirlovchi moddalarning toʻliq taʼsirini yoʻq qilish mumkin emas, lekin koʻp tomonlama yondashuv yordamida oldini olish mumkin. Koʻp tomonlama yondashuv sakkizta asosiy elementni oʻz ichiga oladi. Ular:

  • Taʼsirlovchi va allergenlarni aniqlash
  • Terini zararlamaslik uchun tegishli nazorat choralari yoki oʻrin bosuvchi kimyoviy vositalardan foydalaning.
  • Shaxsiy himoyaga himoya kiyimlari yoki toʻsiq kremlaridan foydalanish orqali erishish mumkin.
  • Shaxsiy va atrof-muhit gigienasiga rioya qilish
  • Ish joyida zararli taʼsirlovchi moddalardan foydalanishni tartibga solish kerak
  • Taʼlim orqali potensial allergiya va taʼsirlovchilar haqida bilimlarni oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlar
  • xavfsiz mehnat sharoitlari va amaliyotlarini targʻib qilish
  • ishga joylashishdan oldin va keyin va muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtish[24]

Jarrohlikdan keyin yaralarda infeksiyani oldini olish uchun mahalliy antibiotiklardan foydalanmaslik kerak[25][26]. Ulardan foydalanilganda operatsiyadan keyin tuzalib ketgan odamda kontakt dermatit rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi[25].

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻz-oʻzini parvarish qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Agar qabariq paydo boʻlsa, kuniga 3 marta 30 daqiqa davomida qoʻllaniladigan sovuq nam kompresslar bemor ahvolini yaxshilashi mumkin[27].
  • Kalamin losoni qichishishni kamaytirishi mumkin[27].
  • Difenhidramin (Benadryl, Ben-Allergin) kabi ogʻiz antigistaminlari qichishishni bartaraf etishi mumkin[27].
  • Tirnashdan saqlanish[27].
  • Maʼlum allergen yoki irritant taʼsir qilgandan soʻng, zararli modda bilan kontaktni toʻxtatish yoki uning taʼsirini faolsizlantirish uchun sovun va sovuq suv bilan yuvib tashlash.
  • Nisbatan kichik sohani qoplaydigan yengil holatlarda, retseptsiz qoʻllaniluvchi gidrokortizon kremi yetarli boʻlishi mumkin.
  • Kuchsiz kislota eritmalari (limon sharbati, sirka) ishqoriy irritantlar taʼsiri natijasida kelib chiqqan dermatit taʼsirini bartaraf etish uchun ishlatilishi mumkin.
  • Rux oksidi (masalan, Desitin va boshqalar) boʻlgan toʻsiq kremi terini himoya qilishga va namlikni saqlashga yordam beradi.

Tibbiy yordam[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agar toshma yaxshilanmasa yoki oʻz-oʻzini parvarish qilishdan 2-3 kun oʻtgach tarqalishda davom etsa yoki qichishish va/yoki ogʻriq kuchli boʻlsa, bemor dermatolog yoki boshqa shifokor bilan bogʻlanishi kerak. Tibbiy davolanish odatda losyonlar, kremlar yoki ogʻiz orqali yuboriladigan dori-darmonlarni oʻz ichiga oladi.

  • Kortikosteroidlar. Shikaslangan sohada yalligʻlanish bilan kurashish uchun gidrokortizon kabi kortikosteroid dori buyurilishi mumkin. Uni teriga krem yoki malham sifatida qoʻllash mumkin. Agar reaksiya terining nisbatan katta qismini qamrab olsa yoki ogʻir boʻlsa, tabletka yoki inyeksiya shaklida kortikosteroid buyuriladi.

Ogʻir hollarda, dermatolog tomonidan halobetazol kabi kuchliroq dori vositasi buyurilishi mumkin.

  • Antigistaminlar. Retseptsiz beriladigan antigistaminlar yetarli foyda bermasa, retsept boʻyicha berilishi mumkin.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Bains, Sonia N.; Nash, Pembroke; Fonacier, Luz (2019-02-01). "Irritant Contact Dermatitis" (en). Clinical Reviews in Allergy & Immunology 56 (1): 99–109. doi:10.1007/s12016-018-8713-0. ISSN 1559-0267. PMID 30293200. https://doi.org/10.1007/s12016-018-8713-0. 
  2. Cohen, David E.; Heidary, Noushin (September 2004). "Treatment of irritant and allergic contact dermatitis" (en). Dermatologic Therapy 17 (4): 334–340. doi:10.1111/j.1396-0296.2004.04031.x. ISSN 1396-0296. PMID 15327479. 
  3. "Contact Dermatitis: Practice Gaps and Challenges". Dermatologic Clinics 34 (3): 263–267. July 2016. doi:10.1016/j.det.2016.02.010. PMID 27363882. 
  4. "Irritant Contact Dermatitis". Clinical Reviews in Allergy & Immunology 56 (1): 99–109. February 2019. doi:10.1007/s12016-018-8713-0. PMID 30293200. 
  5. 5,0 5,1 Diepgen, Tl; Weisshaar, E (September 2007). "Contact dermatitis: epidemiology and frequent sensitizers to cosmetics" (en). Journal of the European Academy of Dermatology and Venereology 21 (s2): 9–13. doi:10.1111/j.1468-3083.2007.02381.x. ISSN 0926-9959. PMID 17716286. https://onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1111/j.1468-3083.2007.02381.x. 
  6. Nicholson, Paul J. (May 2011). "Occupational contact dermatitis: Known knowns and known unknowns". Clinics in Dermatology 29 (3): 325–330. doi:10.1016/j.clindermatol.2010.11.012. ISSN 0738-081X. PMID 21496742. http://dx.doi.org/10.1016/j.clindermatol.2010.11.012. 
  7. European Society of Contact Dermatitis. „What is contact dermatitis“.
  8. „DermNet NZ: Contact Dermatitis“. Qaraldi: 2006-yil 14-avgust.
  9. RAJAGOPALAN, R (September 1998). "An economic evaluation of patch testing in the diagnosis and management of allergic contact dermatitis*1". American Journal of Contact Dermatitis 9 (3): 149–154. doi:10.1016/s1046-199x(98)90017-3. ISSN 1046-199X. PMID 9744907. http://dx.doi.org/10.1016/s1046-199x(98)90017-3. 
  10. "Toxicodendron dermatitis: poison ivy, oak, and sumac". Wilderness & Environmental Medicine 17 (2): 120–128. 2006. doi:10.1580/pr31-05.1. PMID 16805148. 
  11. "Contact dermatitis from Grevillea 'Robyn Gordon'". Contact Dermatitis 15 (3): 126–131. September 1986. doi:10.1111/j.1600-0536.1986.tb01311.x. PMID 2946534. 
  12. "Comparison of the effects of bilobol and 12-O-tetradecanoylphorbol-13-acetate on skin, and test of tumor promoting potential of bilobol in CD-1 mice". The Journal of Toxicological Sciences 15 (1): 39–46. February 1990. doi:10.2131/jts.15.39. PMID 2110595. 
  13. 13,0 13,1 „Balsam of Peru contact allergy.“. DermNet NZ (2013-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 17-aprel.
  14. „Contact Dermatitis and Related Conditions“. Clevelandclinicmeded.com. 2012-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-aprel.
  15. Irritant Contact Dermatitis. DermNetNZ.org
  16. "Dermatitis caused by physical irritants". The British Journal of Dermatology 147 (2): 270–275. August 2002. doi:10.1046/j.1365-2133.2002.04852.x. PMID 12174098. https://archive.org/details/sim_british-journal-of-dermatology_2002-08_147_2/page/270. 
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 "Allergic contact dermatitis". International Immunopharmacology 2 (2–3): 201–211. February 2002. doi:10.1016/S1567-5769(01)00173-4. PMID 11811925. 
  18. "Guidelines for care of contact dermatitis". The British Journal of Dermatology 145 (6): 877–885. December 2001. doi:10.1046/j.1365-2133.2001.04499.x. PMID 11899139. https://archive.org/details/sim_british-journal-of-dermatology_2001-12_145_6/page/877. 
  19. „Photocontact Dermatitis“. www.skinchannel.com. 2011-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-mart.
  20. "Contact dermatitis in patient with chronic venous insufficiency". Trakia Journal of Sciences 12 (3): 245–249. 2014. doi:10.15547/tjs.2014.03.005. 
  21. Schwartz, Louis; Peck, Samuel M. (1944). "The Patch Test in Contact Dermatitis" (en). Public Health Reports 59 (17): 546. doi:10.2307/4584864. https://www.jstor.org/stable/4584864. 
  22. "Patch-test results of the North American Contact Dermatitis Group 2005-2006". Dermatitis 20 (3): 149–160. 2009. doi:10.2310/6620.2009.08097. PMID 19470301. 
  23. 23,0 23,1 "Mechanisms in irritant contact dermatitis". Clinics in Dermatology 15 (4): 557–559. 1997. doi:10.1016/S0738-081X(97)00058-8. PMID 9255462. 
  24. Mathias, C.G. Toby (October 1990). "Prevention of occupational contact dermatitis". Journal of the American Academy of Dermatology 23 (4): 742–748. doi:10.1016/0190-9622(90)70284-o. ISSN 0190-9622. PMID 2146291. http://dx.doi.org/10.1016/0190-9622(90)70284-o. 
  25. 25,0 25,1 American Academy of Dermatology (February 2013), „Five Things Physicians and Patients Should Question“, Choosing Wisely: an initiative of the ABIM Foundation, American Academy of Dermatology, qaraldi: 5 December 2013
  26. "Postoperative topical antimicrobial use". Dermatitis 19 (4): 181–189. 2008. doi:10.2310/6620.2008.07094. PMID 18674453. 
  27. 27,0 27,1 27,2 27,3 „Contact dermatitis Lifestyle and home remedies – Diseases and Conditions“. Mayo Clinic (2011-yil 30-iyul). Qaraldi: 2014-yil 18-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]