Neyrodermit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neyrodermit (neyro... va yun. derma — teri) — terining nerv-allergik ka-salligi. Qattiq qichishish, tugunchali toshmalar — papulalar toshishi, zararlangan soha terisining qalin tortishi bilan kechadi. N.ga, asosan, nerv sistemasining funksional oʻzgarishlari, irsiy omillari, meʼda-ichak kasalliklari, ichki sekretsiya bezlari fao-liyati hamda moddalar almashinuvining buzilishi va h. k. sabab boʻladi. N.ning cheklangan, diffuz (tarqoq) va atipik shakllari bor.

Cheklangan N.da terining maʼlum bir sohasi qattiq qichishadi. Zararla-nish oʻchogi boʻyinning orqa va yon kismi, jinsiy aʼzolar, dumbalar orasidagi burmalar va katta boʻgʻimlarning bo'quvchi yuzasida boʻladi. Qichishish kuchayganda terida mayda tugunchalar paydo boʻlib, yuzasi kepakli tangachalar bilan qoplanadi. Keyinchalik tugunchalar bir-biri bilan qoʻshilib, kattaginajoyni egallashi mumkin. Toshmalar och pushti, qoʻngʻir tusda, yassi va yumalok, shaklda boʻladi. Teri asta-sekin kalin tortib zichlashadi. Oʻtkir yalligʻlangan oʻchoqlarda shilinishlar kuzatiladi. Hadeb qashlana berish natijasida chiqqan qon qotib, qora qoʻtir boʻladi. Ka-sallik uzoq davom etadi.

Diffuz N.da, asosan, yuz, boʻyin, qoʻl va oyoq bukilmalari, jinsiy aʼzolar va sonning ichki yuzasi zararlanadi. Dastlab och pushti rangli tugunchalar paydo boʻladi va infiltratlanadi. Teri quruq, usti mayda kepakli tangachalar bilan qoplanadi. Tananing tabiiy burmalarida yoriklar yuzaga keladi.

Terining kuchli qichishishi, toshmalar toshishi, nerv sistemasi faoliya-tining buzilishi va boshqa N.ga xos belgilardir. Kuchli qichishish bemor uyqusining buzilishiga, nevrotik holatga olib keladi. Kasallik koʻpincha faslga bogʻliq, u, asosan, qishda zoʻrayib, yozda remissiya xrlatida boʻladi. N. bronxiol astma, vazomotor rinit va boshqa allergik kasalliklar bilan birga kechishi mumkin. Ekssudatli N. ham bor, bunda toshmalar namlanib turadi, ular tushib ket-gach, oʻrni anchagacha qizarib turadi.

Vitaminlar, gormonlar, tinchlantiradigan dorilar, maz va boshqa, shuningdek, fizioterapevtik muolajalar buyuriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil