Konstantin Novikov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Konstantin Petrovich Novikov | ||
| Tavallud sanasi | 21-sentyabr 1961-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
| Vafot sanasi |
15-iyul 2015-yil (53 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Olmaota, Qozogʻiston | ||
| Boʻyi | 172 cm (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1978—1984 1985 1987—1988 1989 1990 1992 1992—1993 |
|
(108 (15) 6 (0) 50 (17) 36 (10) 25 (7) 6 (0) ? (10)) | |
| Boshqargan klublari | |||
| 1995—? |
| ||
|
| |||
|
| |||
| 1999 |
| ||
| 2000 |
| ||
| 2001—? |
| ||
|
| |||
| 2008—2010 |
| ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Konstantin Petrovich Novikov (21.09.1961, Toshkent, Oʻzbekiston — 2015.15.6, Olmaota, Qozogʻiston) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi, oʻzbek murabbiyi. SSSR sport ustasi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbol bilan 10 yoshidanoq Toshkentdagi respublika sport maktab-internatida shugʻullana boshlagan. U SSSR yoshlar terma jamoasida murabbiy Boris Ignatiyev boshchiligida oʻynagan. 17 yoshdan boshlab „Paxtakor“ning dublida ishtirok etgan. 1979-yilda Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlari Spartakiadasi ishtirokchisi (9-oʻrin).
1978-1984-yillarda „Paxtakor“ tarkibida oliy ligada 108 oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan. Jizzaxning „Zvezda“ (1985), Xonqaning „Xonqaliklar“ (1987-1988), Urganchning „Jayhun“ (1989), Buxoroning „Nurafshon“ klublari tarkibida SSR chempionatining quyi ligalarida oʻynagan. Oʻzbekiston chempionatida 1992-yili „Soʻgʻdiyona“ safida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Petrovich 1992/93-yilgi mavsumda Vengriyaning „Solnoki-MAV-MTE“ klubida oʻynab, faoliyatini yakunlagan.
Shahrixonning „Shahrixonliklar“, Chirchiqning „Kimyogar“ va Urganchning „Xorazm“ jamoalarida bosh murabbiy, Toshkentning „Chilonzor“, „Doʻstlik“ jamoalarida ikkinchi murabbiy, „Paxtakor“ning dublyorida murabbiylik vazifalarini bajargan[1]. Buxoroning „Nurafshon“, Qarshining „Nasaf“ jamoalariga ham ustozlik qilgan[2].
2002-yildan Qaragʻandada yashagan.
U 2015-yil 15-iyun kuni 53 yoshida Olmaota shahrida toʻsatdan yurak xurujidan vafot etgan. Toshkentda dafn etilgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 21-sentyabrda tugʻilganlar
- 1961-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 15-iyulda vafot etganlar
- 2015-yilda vafot etganlar
- Olmaotada vafot etganlar
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Xonqa klubi futbolchilari
- Xorazm futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Szolnoki MÁV FC futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Kimyogar Chirchiq klubi murabbiylari
- Shahrixon klubi bosh murabbiylari
- Xorazm klubi murabbiylari
- SSSR sport ustasi
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Toshkentda dafn etilganlar