Koʻlborilon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'lvorilondan yoʻnaltirildi)

Koʻlbor ilon, koʻlvor ilon (Vipera lebetina), gyurza — qora ilonlar oilasiga mansub zaharli ilon. Oʻz. 1,6 m gacha. Tanasining usti sargʻish yoki qizgʻishmalla rangda boʻlib, koʻpincha kulrang yoki qizgʻish kundalang dogʻlar bilan qoplangan. Afrikaning shim.-gʻarbidan va Oʻrta dengizdagi ayrim orollardan to Pokiston va Shim.-Gʻarbiy Hindistongacha boʻlgan hududlarda, Kavkazning sharqiy qismida, Qozogʻiston jan.da va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda Xovos atrofida, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Mayda qushlar, sut emizuvchilar va sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Tunda faol. 3 yoshida voyaga yetadi. Zahari tibbiyotda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil