Kirsty Pealling

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kirsty Pealling
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kirsty Pealling
Tavallud sanasi 14-aprel 1975-yil (1975-04-14) (49 yosh)
Tavallud joyi Hackney, Angliya
Boʻyi 1.65 m (5 ft 5 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1987—2006 Arsenal Ladies
Milliy terma jamoa
1993-2004 Angliya 15 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2010-yil 12-oktyabr uchun)

Kirsty Pealling (talaffuzi: Kristi Pilling; 1975-yil 14-aprelda tugʻilgan) — sobiq futbolchi, butun klub faoliyatini „Arsenal Ladies“ da oʻtkazgan. Shuningdek, Angliya futbol terma jamoasini himoya qilgan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kirsty Pealling Haggerston maktabida oʻqigan va 13 yoshligida Arsenal Ladies klubi menejeri Vik Akers beshta oʻyinda sinov tariqasida maydonga tushirgan[1]. 2006-yilda nafaqaga chiqqanida[2] Pealling klubning eng koʻp oʻyin oʻtkazgan oʻyinchisi, rekordchi va eng koʻp sovrinlarni qoʻlga kiritgan[3]. U 1993-[1] va 2001-yillarda[4] „Arsenal“ bilan ichki trebllarni yutgan.

Pealling Camden Kengashida sportni rivojlantirish boʻyicha mutaxassis boʻlib ishlagan va 2004-yildan beri „Hampstead“ futbol klubida murabbiylik qilgan[5].

Jayne Ludlow 2013-yil iyul oyida faoliyatini yakunlaganida, afsonaviy uelslik yarim himoyachi „Arsenal“ saytiga bergan intervyusida „koʻrsatilmagan qahramon“ — Peallingga tashakkur izhor etib: „Men Kirstyga rahmat aytishim kerak, sababi bir mavsumda 30 ta gol urdim va oʻshalarning asosiy qismi Kirsty tufayli edi. U oʻng qanotdan yaxshi toʻp uzatadi“ deb aytdi[6].

Terma jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻn sakkiz yoshli Pealling jamoasi 1993-yilning noyabrida Belgiyada Yevro-1995 saralashida 3:0 hisobida gʻalaba qozonganida Angliya terma jamoasi safida debyut qildi[7]. Shuningdek, jamoasi bilan yarim finalda Germaniyaga magʻlub boʻlgan. Biroq, Pealling va Joan Broadhurst 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tarkibidan bahsli tarzda olib tashlandi, menejer Ted Copeland „Ular bu darajadagi terma jamoa futbolchilari emas“ dedi[8].

Terma jamoa futbolidagi uzoq vaqtli tanaffusdan soʻng, Pealling 2001-yilning avgustida Daniyaga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga qaytdi[9]. 2004-yil may oyida u London Roudda, Peterboroda Islandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinining birinchi yarmida oʻynadi (1:0)[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Nick Oliver. „Hackney Marshes to Highbury“. N16online (2003-yil dekabr). 2010-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-may.
  2. „Review of the 2005/06 Season“. Arsenal Holdings Plc.. 2011-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-oktyabr.
  3. Sarah Garrett. „Sporting Heroes“. G3 Magazine (2008-yil avgust). Qaraldi: 2010-yil 12-oktyabr.
  4. „England women Fixtures and Results, 2004/05“. Cresswell Wanderers FC. 2012-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-oktyabr.
  5. „Kirsty Pealling“. Hampstead FC. Qaraldi: 2010-yil 12-oktyabr.
  6. Brumsack, Nik. „'I've enjoyed every single minute'“. Arsenal.com. Arsenal F.C. (2013-yil 11-iyul). Qaraldi: 2014-yil 15-iyul.
  7. Sarah Garrett. „Sporting Heroes“. G3 Magazine (2008-yil avgust). Qaraldi: 2010-yil 12-oktyabr.
  8. Mike Rowbottom. „Women boldly go where no men have been of late“. The Independent (1995-yil 6-iyun). Qaraldi: 2010-yil 26-may.
  9. „England women Fixtures and Results, 2004/05“. Cresswell Wanderers FC. 2012-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-oktyabr.
  10. „International Matches (Women) 2004“. RSSSF.com. Qaraldi: 2010-yil 26-may.