Kontent qismiga oʻtish

Kira Grünberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kira Grünberg
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Tavallud sanasi 13-avgust 1993-yil (1993-08-13) (30 yosh)
Insbruk, Avstriya
Faoliyat yillari 2009—2015
Boʻyi 170 sm
Vazni 56 kg
Sport
Mamlakat Avstriya bayrogʻi Avstriya
Qaysi sport Langarchoʻp bilan sakrash (Yengil atletika)
Klubi ATSV Innsbruck
Murabbiy(lar)i Frithjof Grünberg, Rainer Schopf

Kira Grünberg (talaffuzi: Kira Gyunberg; 1993-yil 13-avgust, Insbruk, Avstriya) — avstriyalik langarchoʻp bilan sakrash boʻyicha sportchi, olti karra Avstriya chempioni — uch karra ochiq joyda (2012, 2013, 2014) va uch karra yopiq joyda (2013, 2014, 2015), Avstriya milliy rekordchisi. Avstriya Milliy kengashi aʼzosi (2017-yildan).

Biografiyasi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kira Grünberg 1993-yil 13-avgustda Avstriyaning Insbruk shahrida tugʻilgan. Uning opasi Brit (1991-yilda tugʻilgan) disk uloqtirish sporti bilan shugʻullangan.

Kira xalqaro musobaqalardagi debyutini 2009-yilda Bressanoneda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻtkazgan va chempionatda 10-oʻrinni egallaydi. Faoliyatidagi eng yaxshi natijasi 2015-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida musobaqasi boʻlib, rekord oʻrnatib, gʻolib boʻlgan[1]. 2012-yildan 2015-yilgacha Avstriya quruqlikdagi kuchlarida harbiy xizmat qilgan boʻlib, kapral darajasiga koʻtarilgan. Kira Gryunberg langarchoʻp bilan sakrash boʻyicha Avstriya chemponatining bir qancha jumladan U16 (3,72 m), U18 (4,01 m), U20 (4,15 m) va U23 (4,45 m) oʻyinlarida milliy rekordlarini oʻrnatgan[2].

2015-yilning 30-iyulida Insbrukdagi mashgʻulot chogʻida sakrashni amalga oshirgandan soʻng, Kira boshi va boʻyni bilan gilam yoniga muvaffaqiyatsiz tushadi. Natijada boʻyin umurtqalari eziladi. Insbruk tibbiyot universitetida bir necha soatlik jarrohlik amaliyotidan soʻng jarrohlar Kiraning paraplegiyasi borligi, uning tanasi beshinchi umurtqa pogʻonasi ostida falaj boʻlib qolganligi va sportchilik faoliyatini bundan keyin davom ettirishi mumkin emasligini maʼlum qilishadi[3][4]. Oʻshandan boshlab sportchi nogironlar aravachasiga harakatlanadi, boshi va qoʻllarining harakatchanligini saqlab qolingan[5][6][7]. Hozirda Kematen in Tirol shahrida yashaydi.

2017-yilda parlament saylovlaridan soʻng Kira Avstriya Xalq partiyasidan oʻninchi vakili etib saylangan[8]. 2017-yil 9-noyabrda Avstriya Milliy kengashi deputati boʻladi[9].

Asosiy natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Musobaqa Oʻtkazilgan joyi Oʻrin Natija
2009 Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati Bressanone, Italiya 10 3,80 m
Yevropa oʻsmirlari olimpiya festivali Tampere, Finlyandiya 5 3,65 m
2010 Oʻsmirlar oʻratsidagi jahon chempionati Monkton, Kanada 15 (q) 3,85 m
Yozgi oʻsmirlar olimpiya oʻyinlari Singapur 5 3,90 m
2011 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati Tallin, Estoniya 18 (q) 3,90 m
2012 Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati Barselona, Ispaniya 4 4,15 m
2013 Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati Tampere, Finlandiya 10 4,15 m
2014 Yevropa chempionati Syurix, Shveysariya 11 4,45 m
2015 Yevropa chempionati Praga, Chexiya 16 (q) 4,30 m
Yevropa oʻyinlari Boku, Ozarbayjon 1st 4,35 m
Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati Tallin, Estoniya 4 4,25 m

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Athletes: Kira Grunberg“. 2016-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
  2. „Bestenliste“. www.oelv.at. Qaraldi: 2020-yil 8-mart.
  3. „Austria’s top pole vaulter Kira Grunberg paralysed after training accident“. 2015-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
  4. „Austria’s top female pole vaulter Kira Gruenberg (Specific Details About Her Last Vault)“. 2015-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
  5. „«Das Leben ist immer noch schön. Nur eben anders»“. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
  6. „Kira Grünberg: Ein Jahr nach dem Unfall“. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
  7. „Kira Grünbergs Sprung in ein anderes Leben“. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
  8. „Kira Grünberg ist ÖVP-Spitzenkandidatin“. 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-iyul.
  9. „Kira Grünberg“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-iyul.