Kimaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kimaklar, imaklar — qad. turkiy xalq. 7-asrda Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibida boʻlib, Oltoy togʻlarining shim.-gʻarbida, Irtish daryosi boʻylarida yashagan. K.ning bir qismi 11-asr boshida Sirdaryoning quyi va oʻrta oqimlarini egʻallagan. K.ning asosiy dini shamanlik boʻlgan, shuningdek, osmonga(tangriga), ajdodlar ruhiga, olovga topinishgan. K. oʻrtasida mamlakatning asosiy daryosi — Irtish kultiga topinish kuchli boʻlgan. Isxrq ibn al-Husaynning (11-asr) yozishicha, K. oʻlgan kishilarning jasadlarini kuydirib, yirik daryolarga (mas, Irtish daryosiga) tashlashgan. K., asosan, turkiy tilda soʻzlashgan. Kuchmami K. chorvachilik bilan shugʻullanib, oʻtovlarda, chayla, kapalarda yashagan. Shim.da oʻrmonli hududlarda yashagan oʻtroq K., asosan, yertoʻlalarda istiqomat qilganlar. Koʻchmanchilar xoʻjaligida ovchilik (moʻynali hayvonlarni ovlash) yordamchi mashgʻulot hisoblangan. "K." atamasi 12-asrdan soʻng manbalarda uchramaydi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pletneva S.A., Kochevniki Srednevekovya, M., 1982.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil