Kidonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kidanlardan yoʻnaltirildi)

Kidonlar, kidanlar, qtoylar — moʻgʻullar tarkibidagi qabila. Qadimda Ichki Moʻgʻuliston va Moʻgʻu-liston jumhuriyati hududida koʻchib yurgan. 4-asrdan manbalarda K. nomi uchraydi. 907 y. qabila boshligʻi Yela-Bugʻa oʻzini imperator deb eʼlon qilgan, qoʻshni qabilalarni boʻysundirib, sal-tanatni gʻarb va shim.ga qarab kengaytirgan. 926 y. sharkda Boxap podsholigi (oʻnga shimsharqiy Manjuriya, Shim. Quriya va b. kirgan)ni boʻysundirgan. 947 y. K. saltanati Byuu Lyao, 983 y. Kidanlarning Buyuk davlati, 1066 y.dan yana Buyuk Lyao deb atalgan. U Sharqiy Osiyoda Yapon dengizidan Sharqiy Turkistongacha choʻzilgan qudratli davlat boʻlgan. 1005 y. Buyuk Lyao Xitoyni yengib, har yili oʻlpon toʻlashga majbur qilgan. 11-asr oxiridan Buyuk Lyao tanazzulga uchrab, 1125 y. chjurchjenlar tomonidan tugatilgan. K.ning bir qismi Gʻarbiy Turkistonga qorakidonlar (qarang Qoraxitoylar) nomi bilan koʻchiboʻtgan. K.ning 2 xil yozuvi boʻlgan. K. nomidan Xitoyning ruscha atamasi (Kitay) kelib chiqqan boʻlib, u moʻgʻul va turkiy xalqlar orqali ruslarga oʻtgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil