Onadoʻli yassitogʻligi
(Anadolu yassitogʻligidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation
Jump to search
Anadolu (Anatoliya) yassitogʻligi – Turkiyadagi yassitog‘lik. Kichik Osiyo tog‘ligining ichki qismi. Uz. (sharqdan g‘arbga) 700 km, eni (shimolidan jan.ga) 400 km. Shimolidan Pontiya, janubidan Tavr tog‘lari o‘rab turadi. Yas-sitoglik bir qancha tekislik hamda berk 461botiqlardan iborat, ularni tog‘ tizmalari bir-biridan ajratib turadi. Ko‘p qismining mutlaq balandligi 900–1500 m. Eng baland yeri – Erjiyos so‘ngan vulkani (3700 m). Dasht va chala cho‘ldan iborat. Iqlimi yarim quruq kontinental. Eng ko‘p tarqalgan tabiiy o‘simligi – tikanakli pastak yostiqsimon buta. Voha dehqonchiligi va chorvachilik rivojlan-gan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |