Kiaksar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kiaksar (yun. Kyaxares, eroniycha — Uvaxshatra) — Shim. Eron va Eron Ozarbayjoni hududida shakllangan Midiya davlatining podshohi (mil.av. 625/624585/584). K. davrida Midiya Old Osiyoning yirik davlatiga aylangan. Skiflarning Old Osiyo shim.dagi hukmronligiga barham bergan. Bobil bilan ittifoqsa Ossuriya davlatini yoʻq qilgan (616—605); Mani, Urartu yerlarini va Kichik Osiyo sharqiy qismini (590 — 585) Midiya hududiga qoʻshib olgan. Lidiya bilan urush olib borib, mil.av. 585 y. sulh shartnomasi tuzgan. Oʻnga koʻra, Midiyaning gʻarbiy chegarasi Galis daryosi (hoz. Qizil Irmoq) boʻylab belgilangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil