Kecha va kunduz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kecha va kunduz
Muallif(lar) Abdulhamid Choʻlpon
Muharrir(lar) Naim Karimov
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman,
Nashr etilgan sanasi 2000-yil
Nashriyot SHARQ NASHRIYOT

Kecha va kunduz — Oʻzbek yozuvchisi Abdulhamid Choʻlpon tomonidan yozilgan roman. Bu asarga „Oʻtkan kunlar asari darajasida“ deb baho berilgan. U o‘zbek adabiyotidagi ilk roman — dilogiya bo‘lib, ikki kitobdan iborat. Birinchi qismi „Kecha“ 1933-1934 yillarda Moskvada yozilgan. Dastlabki boblari 1935-yilda Toshkentdagi adabiy jurnalning 1-sonida bosilgan, asar 1936-yilda to‘liq holda nashr etilgan. Asardagi voqealar ilk bahorda boshlanib, qish chillasida tugaydi. Cho‘lpon romaniga „Hamal keldi — amal keldi“ maqolini epigraf qilib olgan[1].

Kecha qismi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Kecha va kunduz“ romanining faqat „Kecha“ qismi mavjud. Olimlarning taxminicha, Cho‘lpon „Kunduz“ qismini ham rejalashtirgan yoki yozgan bo‘lishi ham mumkin. Dilogiyaning to‘liq emasligi olimlarga Cho‘lponning maqsadi haqida taxmin qilish imkoniyatini beradi.

Baʼzi olimlar Cho‘lpon faqat „Kecha“ni yozgan, „Kunduz“ qismi borligi haqidagi mulohazalar sovet kuzatuvchilarini mamnun qilish uchun aytilgan deyishadi. Boshqalari esa Cho‘lpon „Kunduz“ni ham yozgan, lekin NKVD uni hibsga olishganda asar musodara qilinib, yo‘q qilingan deb hisoblashadi [2].

Bugun qismi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romanning „Bugun“ deb atalgan ikkinchi qismining taqdiri to‘g‘risida maʼlumot yo‘q. Holbuki „Kecha“ da tasvirlangan voqealarning mantiqiga ko‘ra romanning „Kunduz“ qismida Zebining Sibir surgunidan, Miryoqubning esa Qrim safaridan keyingi hayotlari tasvirlanishi lozim edi. Birinchi kitobdagi tasvir etilgan voqea birinchi jahon urushi endigina boshlangan kezlarida Oʻzbekiston viloyatlarining birida bo‘lib o‘tadi. Asardagi asosiy g‘oya mavjud tuzumni tag — tomiri bilan o‘zgartirishdir[1].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Kecha va Kunduz“ romanida xalq va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan barcha ziddiyatlar, adibning bor orzulari ifodalangan. Unda mehnatkash xalqning, xususan, xotin-qizlarning og‘ir kulfatu, mashaqqatlarga to‘liq hayoti jonli voqealar, yorqin obrazlar vositasida taʼsirli va ishonarli tasvirlangan. Asardagi asosiy ijobiy qahramonlardan biri bo‘lgan go‘zal va xushovoz, sodda va huquqsiz Zebi timsoli fikrimizni dalillaydi [7, 170 b.]. Muallif Zebi taqdirida, Razzoq so‘fi va Qurbonbibi taqdirida butun bir xalqning davrga xos fojeali hayotini yaqqol ko‘rsatib beradi [4, 411 b.][3].

Asosiy qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zebi;
  • Razzoqsoʻfi;
  • Qurvonbibi;
  • Akbarali mingboshi;
  • Miryoqub;
  • Hadicha;
  • Poshshoxon;
  • Sultonxon;
  • Noyib toʻra;

Tarjimalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar tarjimasini amalga oshirgan tarjimon, osiyoshunos tadqiqotchi S.Dyuduanon 1962-yili Belgiyada tavallud topgan, ayni paytda Parijdagi Sorbonna universitetida ilmiy-ijodiy faoliyat olib bormoqda. Cho‘lponning „Kecha va kunduz“ romani fransuz tiliga mahorat bilan tarjima qilingan, unda adib qo‘llagan leksik birliklar, qahramonlar his-tuyg‘ulari, tabiat manzaralari, xususan, o‘zbek xalqining milliy mentalitetini ifodalagan jumlalarga fransuzcha muqobillar va izohlar muvaffaqiyatli topilgan[4].

Amerikalik Kristofer Fort 1988-yilda Minnesota shtatida tugʻilgan. 2010-yilda Michigan davlat universitetini siyosatshunoslik va rus tili yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Ogayo shtati universitetida magistr darajasini olgan. U Oʻzbekistonda bir necha yil yashab, oʻzbek tilini oʻrgandi. "Yaqinda Choʻlponning "Kecha va kunduz" romanini ingliz tiliga tarjima qildim va „Akademik Stadis Press“ nashriyoti tomonidan chop etildi. Men Choʻlpon asari tarjimasiga kirishdim, chunki romanning ilk sahifalarini oʻqib, menda oʻzbek tilining oʻziga xos uslubi sehrlanib qolgan edi. Asarda Navoiy singari Choʻlpon ham oʻzbek tilining oʻziga xos imkoniyatlarini toʻliq ochib beradi"[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Abdulhamid Cho'lpon“. turklib (9-aprel 2013-yil). Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.
  2. „Cho‘lpon asarlarining amerikalik tarjimoni: “Kecha va kunduz”ning “Kunduz”i yozilmagan“ (o'zbek). Daryo (6-avgust 2019-yil). Qaraldi: 6-aprel 2023-yil.
  3. „ABDULHAMID CHO‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ROMANIDAGI IJTIMOIY-INSONIY MUNOSABATLAR LISONIY TAHLIL OBEKTI SIFATIDA“ (o'zbek). samxorfil. 2023-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.
  4. „RAHIMA SHIRINOVA. “KECHA VA KUNDUZ” ROMANI FRANSUZ TILIDA“ (o'zbek). ziyouz (28-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 6-aprel 2023-yil.
  5. „AMERIKALIK OLIM “KECHA VA KUNDUZ” ROMANINI INGLIZ TILIGA TARJIMA QILDI“ (o'zbek) (4-fevral 2020-yil). Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]