Epigraf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Epigraf (yun. — ustki yozuv) — 1) Yunonistonda qabr toshlari ustidagi yozuv; 2) adabiy asar yoki uning biror qismi (bobi)ning tepasiga yozib qoʻyilgan va shu asar yoki qism (bob) mazmunini ifodalaydigan, asosiy yoʻnalishini belgilab beradigan teran maʼnoli ibora, maqol, matal, hikmatli soʻz, qoʻshiq, sheʼr yoki oʻzga bir manbadan olingan parcha. Jahon adabiyotida E. 15-asr boshlarida paydo boʻlgan. 19-asr romantiklari asarlarida ham E. koʻp uchraydi. J. Russo, A. Stendal, I. Gyote, F. Shiller, A. Pushkin, M. Lermontov, N. Gogol, L. Tolstoy, shuningdek, oʻzbek adabiyotida Gʻ.Gʻulom, A. Qahhor, O. Muxtor va boshqalar E. sanʼatidan mohirona foydalanganlar. E. iqtibos yoki koʻchirmaning barcha xususiyatlariga ega boʻlib, asosiy matnga oʻziga xos kirish vazifasini oʻtaydi. Ularsiz baʼzan badiiy asarningmohiyatini anglash mumkin boʻlmay qoladi. Parodiyalarda ham E. qoʻllaniladi.

Yuqorida aytilgan fikrlar muvofiq epigraf bu biron bir kishining aytgan hikmatli hali boʻlishi mumkin. Odatda epigraf inshoda shar sana yozsangiz sana undan keyin insho sozi undan keyin varaqnig oʻng tomonining chetiga yoziladi .yozayotgan epigrafingiz inshoning mavzusiga toʻgʻri kelishi kerak.keyinalbatta siz epigraf yozganingiz uchun murakkab reja tuzasiz.yozilgan epigraf mavzuga toʻgri kelisbkelmasliga qarab yozgan inshoingizga qoʻshimcha ball Beriladi.epigrafyozsangiz albatta murakkab reja tuzasiz Agar sodda reja tuzsangiz bu xato hisoblanadi