Kontent qismiga oʻtish

Katta sfinks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buyuk Sfinks

Buyuk SfinksNil ning g'arbiy qirg'og'ida Giza shahrida joylashgan bo'lib u yer yuzida saqlanib qolgan eng qadimgi monumental haykal hisoblanadi.

Giza Sfinksi va Xeops piramidasi

Monolit ohak tosh qoyadan ulkan sfinks shaklida o'yilgan-qum ustida yotgan sher bo’lib, uning yuziga Fir'avn Xefren (miloddan avvalgi 2575-2465 yillar) bilan portret o'xshashligi berilgan va uning dafn piramidasi yaqin joylashgan. Haykalning uzunligi 73 metr, balandligi 20 metr bo'lib, uni dunyodagi eng katta bitta toshli haykalga aylantiradi. Old oyoqlari orasida kichik muqaddas joy joylashgan. Qurilishning taxminiy sanasi miloddan avvalgi 2559 yil.

Maqsadi va nomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haykal, Nil va ko'tarilayotgan Quyoshga qaratilgan holda joylashgan. Deyarli barcha qadimgi Sharq tsivilizatsiyalari sherda quyosh xudosining ramzini ko'rishgan. Ilk zamonlardan Fir'avn dushmanlarini yo'q qilgan sher sifatida tasvirlangan. Shu sabab, sfinksni uning atrofida dafn etilgan fir'avnlarning abadiy tinchligining qo'riqchisi deb hisoblashgan. Atrofdagi ibodatxonalar dastlab quyosh xudosi Ra ga bag'ishlangan edi va faqatgina Yangi shohlik davriga kelib haykal, Хоr bilan (aniqrog'i Xoremaxet bilan) qiyoslana boshlandi, natijada Аmеnxotep II unga sfinksning shimoli — sharqidagi maxsus maqbara qurdi.[1]

Giza Sfinksi Xefren piramidasi qarshisida

"Sfinks" so'zi yunonchadan olingan bo'lib, so'zma — so'z tarjima qilinganida, "bo'g'uvchi" degan ma'noni anglatadi, bunday talqinga, Sfinks sirlari haqidagi mashhur afsonada ishora qilingan. Biroq hozirgi kunga qadar, misr tilida shezep - "haykal, tasvir, sfinks" ma’nosidan kelib chiqqanining isbotlari yo'q.

Sfinksning Arabcha nomi Abu Al-Xaul (Arab. أبو الهول, "dahshatning otasi")- bu Qibtiy tildagi fonosemantik nom bo'lib, Аl-Маkrizi tomonidan avvalgi arablashgan variantlarda Belhib (араб. بلهيب‎) va Belxuaya (араб. بلهويه‎), so'zlari bilan atalib, Xanaan xudosi Xoron nomiga bog'langan.[2]

Yaratilish vaqti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Sfinks qurilishining sababi va aniq vaqti hali ham noaniq bo'lib qolmoqda. Zamonaviy adabiyotlarda qadimgi antik davri mualliflari uning quruvchisi Хеfren (Xafra) bo'lganligi haqidagi o’y-fikrlarini, faqatgina qo'shni piramidani qurish uchun ishlatilgan tosh bloklarning bir xil o'lchamidan foydalanilgani bilan asoslaydilar. Bundan tashqari, Sfinks yaqinida arxeologlar qumda Xafrani diorit tasvirini topganlari ham asos sifatiga ishlatilgan.

Sfinksning qurilishiga haqida boshqa fikrlar ham mavjud. 1857–yilda Маriеt tomonidan Giza shahrida topilgan va, ehtimol, fors istilosidan biroz oldin yaratilgan inventarizatsiya stelasida, eskirgan haykalni Xafrening otasi Fir'avn Хеоps (Xufu) qazib, qumdan tozalagan degan fikrni ham olg'a surganlar. Biroq, aksariyat olimlar ushbu dalillarni keyinchalik ishonchsiz deb rad etishgan. Faqatgina eski maktab tadqiqotchilaridan biri bo'lgan Gaston Маspero stelada keltirilgan ma'lumotlarning ishonchliligini isbotlashga harakat qilgan.

Haykalning buyurtmachisi haqidagi tahminlar esa yanada chalkashroq, sabab haykalning yuzi negroid xususiyatlarga ega, bu esa Xafra va uning qarindoshlarining saqlanib qolgan tasvirlaridan farq qiladi. Sfinksning yuzini kompyuter yordamida Xafraning haykallari bilan taqqoslagan sud-tibbiyot ekspertlari ular bir xil inson emas degan xulosaga kelishdi.[3]

1950-yillardan boshlab mashhur adabiyotlarda Sfinksning Qadimgi shohlik davriga tegishli ekani shubha ostiga qo'yildi. Bunga asos qilib esa Sfinksning pastki qismi toshning suvda uzoq vaqt qolishi natijasida yuzaga kelgan eroziyaning klassik namunasini ko'rsatildi. So'ngi marta bundan balandlikka yetuvchi yog'ingarchilik darajasi, Misrda miloddan avvalgi IV va III asr chegaralarida kuzatilgan. Bu holat esa haykal Sulolalar davriga bo'linishidan yoki undan ham oldingi davrda yatatilgan degan taminni bergan.

Boshining nisbatan kichik o'lchamlarini Boston geologi Rоbert Shox, "Haykalda dastlab sherning yuzi bo’lgan, fir'avnlardan biri sirli jilmaygan o'z qiyofasiga o’xshatib o'yishni buyurgan" degan farazni olg'a surgan. Biroq bu gipoteza ilmiy muhitda tan olinmadi.[4]

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rim tarixchisi Pliniy, Katta sfinksni dahshatli mahluqdek tasvirlagan. O’rta asr arablari esa ”Ming bir kecha” va boshqa asarlarda uni «dahshat otasi» deb tasvirlagan.

Yangi davrda haykalni birinchi marta italiyalik me'mor Sebastyano Serlio tasvirlagan. U 1546–yilda Antverpen shahrida qadimgi me'morchilik yodgorliklari to'g'risidagi asarini nashr etgan. Uning sfinksi tabassum qilib turgan ayol yuzi bo’lib, o'sha vaqtga mos soch turmagi va ko’kragi ham bo’lgan.

Holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sfenks o'z yaratilgan davri davomida yelkalariga qadar qumga ko'milgan bo'lgan. Uni qazib olishga urinishlar qadimgi davrlarda Tutmos IV va Ramses II tomonidan boshlangan. Birinchisi qumdan faqat old oyoqlarini chiqarilgan.

Shuningdek, Sfinks qadimgi yunonlar va rimliklar tomonidan qo'shimcha bloklar yordamida mustahkamlangan, xususan, panjalar va tokchalar devorlari yordamida.

1817–yilda italiyaliklar Sfinksning butun ko'kragini qumdan tozalashga muvaffaq bo'lishdi va u 1925–yilda ming yillik qum cho'kindilaridan butunlay ozod qilindi.

2014-yilda Sfinks to'rt oylik restavratsiya jarayonidan o'tdi, shundan so'ng u sayyohlarga taqdim qilindi.

Yo’qotishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haykalning kengligi 1,5 metr bo'lgan burni yo'q. Uning yo'qligi toshning tabiiy yo'q qilinishi (shamol va namlikning ko'p asrlik ta'siri) va inson ta'siri bilan izohlanishi mumkin. Afsonalarga ko'ra, haykalning bu qismi piramidalar yaqinidagi turklar bilan Napoleon jangi paytida zambarakning o'qi bilan urib tushurilgan. Boshqa manbalarga ko'ra, Napoleonning o'rnini inglizlar yoki mamluklar egallaydi.

Sfinksning yuzi

O'rta asr Qohira tarixchisi Al-Makrizi 1378–yilda bir so'fiy aqidaparast fellaxlarni sfinksga o'z hosilini to'ldirish umidida sovg'alar olib kelishga majbur qilib, g'azabga to'lib, "Idol" ning burnini tortib olganini, buning uchun uni olomon tosh bo'ron qilib, yirtib tashlaganini yozgan. Al-Makrizi hikoyasidan xulosa qilish mumkinki, mahalliy aholi uchun Sfinks o'ziga xos timsol, Nil hukmdori bo'lgan. Ular buyuk daryoning toshqin darajasi hamda ularning dalalarini unumdorligi bog'liq deb hisoblashgan.

Sfinks bizgacha nafaqat burunsiz, balki bayramona yasama soqolsiz ham yetib kelgan. Uning fragment parchalarini Britaniya va Qohira muzeylarida ko’rish mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Орехов Р. А.. К пространственной ориентации Великого сфинкса,или Куда смотрит «Отец ужаса» // И земля в ликовании... : сборник статей.. ЦЕИ РАН, 2015 — С. 265—282. bet. ISBN ISBN 978-5-904488-06-2. 
  2. Хавасс.З. Глава 9. Сфинкс. Магия пирамид : приключения археолога. Центр палеоэтнологических исследований, 2021 — С. 102—121. bet. ISBN ISBN 978-5-6045216-0-1. 
  3. Katheryn A. Bard.. Encyclopedia of the Archaeology of Ancient Egypt. Routledge, 1999. ISBN ISBN 0415185890. 
  4. Ian Shaw. The Oxford History of Ancient Egypt.. Oxford University Press, 2003. ISBN ISBN 0192804588.